Jahon

Tojikiston Erondan 2,55 mln tonna neft va yoqilg‘i so‘radi

Mamlakat neft mahsulotlarining 80 foizigacha Rossiyadan import qiladi. Rossiyada esa ukrain dronlari hujumlari va ichki talabning yuqoriligi sabab yoqilg‘i taqchilligi kuchaygan.

Tojikiston Erondan 2,55 mln tonna neft va yoqilg‘i so‘radi

 

Tojikiston Eron bilan energetika va transport-logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish doirasida 2,55 million tonna neft va neft mahsulotlarini import qilish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Tojikiston Transport vazirligi xabar berdi.

 

So‘ralayotgan mahsulotlar hajmi quyidagicha:

  • 2 million tonna — xom neft;

  • 300 ming tonna — dizel yoqilg‘isi;

  • 150 ming tonna — benzin;

  • 100 ming tonna — aviatsiya kerosini.

 

Yetkazib berish muddatlari hozircha ko‘rsatilmagan.

 

15-avgust kuni Eron va Tojikiston Tehronda energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Tomonlar xom neft va neft mahsulotlarini muntazam yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalasida texnik, logistika va moliyaviy tafsilotlarni ishlab chiqish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzishni rejalashtirmoqda.

 

Tojikiston Transport vaziri Azim Ibrohimning ma’lum qilishicha, hozirda ikki davlat o‘rtasida yiliga qariyb 800 ming tonna yoqilg‘i tashiladi. Yangi logistika mexanizmlari ishga tushirilishi bilan bu hajmni sezilarli darajada oshirish rejalashtirilmoqda.

 

Tojikiston tomoni yoqilg‘ini tashish uchun sisterna vagonlaridan iborat maxsus poyezdlarni shakllantirish hamda Eron temir yo‘llarida ular uchun “yashil yo‘lak” yaratishni taklif qilgan. Shuningdek, Eronning Chabahar portida Tojikiston logistika markazini tashkil etish masalasi ham muhokama qilingan.

 

Tojikiston energetika vaziri Daler Jumaning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qo‘shimcha neft mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha Qozog‘iston, Turkmaniston, Iroq va Belarus bilan ham muzokaralar olib bormoqda.

 

2026-yilning birinchi yarmida Tojikiston 599,5 ming tonna neft mahsulotlari import qilgan. Hukumatning Monopoliyaga qarshi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, uning 91,1 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Shuningdek, 2026-yil yanvar–iyun oylarida Tojikiston va Eron o‘rtasidagi yuk tashish hajmi 432 790 tonnani tashkil etgan. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 117,5 foizga ko‘p.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Tojikiston Erondan 2,55 mln tonna neft va yoqilg‘i so‘radi | Zamon.uz