O'zbekiston

Nurafshonda Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari so'kingani uchun ishdan bo'shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi rahbarining mahalla yoshlar yetakchilariga qo‘pol va haqoratomuz munosabatini aks ettiruvchi audioyozuv tarqalgan edi.

Nurafshonda Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari so'kingani uchun ishdan bo'shatildi

 

Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari Mirkarim Mirmahmudovichning mahalla yoshlar yetakchilariga nisbatan qo‘pol va haqoratomuz munosabatda bo‘lgani aks etgan audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi va Nurafshon shahar hokimligi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

 

O‘rganish davomida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvdagi holatlar o‘z tasdig‘ini topgani aniqlangan. Xususan, 2026-yil 18-avgust kuni M. Mirmahmudovich mahalla yoshlar yetakchilari ishtirokidagi yig‘ilishda xizmat odobi va kasbiy etika talablarini qo‘pol ravishda buzib, ularga keskin hamda haqoratomuz munosabatda bo‘lgan.

 

Xizmat tekshiruvi davomida uning ish faoliyatida qator boshqa kamchiliklar ham aniqlangan.

 

Holat yuzasidan M. Mirmahmudovich bilan suhbat o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar va ularning salbiy oqibatlari tushuntirilgan. U o‘zining qo‘pol xatti-harakatlarini tan olgan hamda o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishini bildirgan.

 

Natijada, M. Mirmahmudovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Uning ish faoliyatida aniqlangan boshqa kamchiliklar yuzasidan tekshiruvlar davom ettirilmoqda va natijalariga ko‘ra tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Nurafshonda Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari so'kingani uchun ishdan bo'shatildi | Zamon.uz