O'zbekiston

Toshkentda dizayn-kodni joriy etish yondashuvi qayta ko‘rib chiqildi

Bunga tadbirkorlarning tanqidiy fikr-mulohazalari sabab bo‘lgan.

Toshkentda dizayn-kodni joriy etish yondashuvi qayta ko‘rib chiqildi

 

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda dizayn-kodni joriy etish jarayoniga bildirilgan fikr-mulohazalar, jumladan, tadbirkorlarning tanqidiy takliflari asosida yondashuv qayta ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi.

 

Hokimlikning qayd etishicha, bundan buyon asosiy e’tibor ochiq muloqot, talablarni tushunarli tarzda yetkazish va tadbirkorlar bilan yuzaga kelayotgan masalalarni individual tartibda ko‘rib chiqishga qaratiladi.

 

Joriy yilning 11-mayidan 26-iyuliga qadar dizayn-kodni joriy etish ishlari Toshkent shahrining 56 ta ko‘chasidagi 3 228 ta tadbirkorlik subyektini qamrab olgan.

 

Jarayonning tadbirkorlarga ta’sirini o‘rganish maqsadida Toshkent shahar hokimligi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazgan.

 

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ayrim holatlarda dizayn-kod talablari, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ketma-ketligi o‘z vaqtida hamda yetarlicha tushunarli tarzda izohlanmagani aniqlangan.

 

Hokimlik ushbu e’tirozlarni o‘rinli deb topgan va kelgusidagi ishlarni tashkil etishda mazkur fikr-mulohazalarni inobatga olishini bildirgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar 509 nafar tadbirkor o‘z binosi fasadini yangilagan. Yana 2 627 nafar tadbirkorda tegishli ishlar davom etmoqda. Qolgan masalalar tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda individual tartibda ko‘rib chiqiladi.

 

Shuningdek, “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti ekspertlari ishtirokida 18 ta reklama-ishlab chiqarish kompaniyasi mutaxassislarining malakasi oshirilgan.

 

Hokimlikka ko‘ra, dizayn-kodni joriy etishdan maqsad faqat fasadlarni yagona talablarga moslashtirish emas, balki bu jarayonni tadbirkorlar uchun tushunarli va adolatli tashkil etish, shu bilan birga, poytaxtning shaharsozlik qiyofasini yaxshilashdan iborat.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.