Jahon

Turkiya Netanyaxuni hibsga olish uchun xalqaro order berdi

Turkiya avval ham Netanyaxu va Isroilning boshqa yuqori martabali amaldorlariga nisbatan hibsga olish orderlarini chiqargan.

Turkiya Netanyaxuni hibsga olish uchun xalqaro order berdi

Turkiya Netanyaxuni hibsga olish uchun xalqaro order berdi.  Qaror Isroilning G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan flotiliyani to‘xtatishi yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida qabul qilingan. Bu haqda Turkiya Adliya vaziri Akin Gyurlek ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Arab News.

 

Turkiya avval ham Netanyaxu va Isroilning boshqa yuqori martabali amaldorlariga nisbatan G‘azodagi urushdagi harakatlari sabab “genotsid” ayblovi bilan hibsga olish orderlarini chiqargan.

 

“G‘azoda genotsid siyosatini amalga oshirayotgan Netanyaxu hukumatini daxlsiz va javobgarlikdan ozod deb hisoblash mumkin degan qarashni qat’iyan rad etamiz”, — dedi Gyurlek.

 

Vazirning ta’kidlashicha, Turkiya G‘azoda sodir etilgan jinoyatlarning yashirilishiga yoki ularni sodir etgan shaxslarning jazosiz qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Anqara aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun milliy va xalqaro huquqning barcha imkoniyatlaridan foydalanishini bildirdi.

 

Gyurlek Turkiya Falastin xalqi, mazlumlar va insoniyat vijdoni tomonida qat’iy turishda davom etishini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, insoniyatga qarshi jinoyat sodir etgan shaxslarni qonun oldida javobgarlikka tortish uchun barcha zarur choralar ko‘riladi.

 

Isroil tomoni esa Turkiyaning qaroriga keskin munosabat bildirdi. Netanyaxu idorasi Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni “antisemit diktator” deb atab, Isroil Anqaraning mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan urinishlariga qarshi qat’iy harakat qilishda davom etishini ma’lum qildi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.