Jahon

Turkiyada bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi dengizdan topildi

Besh kishi dengizga tushganida kuchli oqimga tushib qolgan. To‘rt nafari qutqarilgan, o‘zbekistonlik erkak esa oqim tomonidan olib ketilib, bedarak yo‘qolgan.

Turkiyada bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi dengizdan topildi

 

Turkiyaning Istanbul shahri Shile tumanida dengizda bedarak yo‘qolgan 54 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar berdi.

 

Hodisa 16-avgust kuni soat 15:15 atrofida Shile shahridagi Macera Park plyajida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi dengizga tushgan vaqtida kuchli oqimga tushib, cho‘kib ketish xavfi ostida qolgan.

 

Voqea haqida xabar berilgach, qirg‘oq qo‘riqlash xizmati, yong‘in xavfsizligi va tez tibbiy yordam guruhlari hududga yuborilgan. To‘rt kishi qutqarilgan, o'zbekistonlik erkak esa oqim tomonidan olib ketilib, bedarak yo‘qolgan.

 

Shundan so‘ng qirg‘oq qo‘riqlash qayiqlari, yong‘in xavfsizligi xodimlari va ko‘ngillilar ishtirokida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan. Qidiruvlar Shilening Karakiraz hududi va uning atrofida, jumladan, havodan kuzatuv orqali amalga oshirilgan.

 

Ikki kun davom etgan qidiruv ishlari natijasida 18-avgust kuni qirg‘oq qo‘riqlash xizmati erkakning jonsiz jasadini dengizdan topgan. Marhumning jasadi sud-tibbiyot instituti o‘likxonasiga olib ketilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.