O'zbekiston

Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Komil Allamjonov O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.

Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Prezident administratsiyasi rahbarining maslahatchisi va administratsiyaning AQSHdagi vakili Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Komil Allamjonov 2025-yil iyunidan Prezident administratsiyasi rahbarining maslahatchisi, shu yil noyabridan esa administratsiyaning AQSHdagi vakili sifatida faoliyat yuritmoqda.

 

Uning ushbu lavozimlardagi faoliyati davrida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalar faollashgan. Jumladan, ikki davlat prezidentlari so‘nggi bir yil ichida to‘rt marta yuzma-yuz uchrashgan.

 

Shuningdek, AQSH–O‘zbekiston Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etilib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHdagi yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlari o‘tkazilgan.

 

2026-yil 1-yanvardan O‘zbekiston rezidentlarining AQSHda kompaniya tashkil etish yoki Amerika kompaniyalari aksiyalarini sotib olish uchun mablag‘ yuborishida hukumat ruxsatini olish talabi ham bekor qilingan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida O‘zbekiston rezidentlari xorijiy aktivlarga 153 million dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritgan.

 

Komil Allamjonov, shuningdek, Jorj Vashington universitetining Markaziy Osiyo dasturi bo‘yicha maxsus maslahatchisi hisoblanadi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.