O'zbekiston

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir qator soha vakillari mukofotlandi

Prezident farmoni bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at hamda OAV sohalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi.

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir qator soha vakillari mukofotlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22-avgustdagi Farmoni bilan mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at hamda ommaviy axborot vositalari sohalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar mukofotlandi.

 

Ta’kidlanishicha, mukofotlanganlar O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlarning samaradorligini oshirishga qo‘shgan hissasi, ilmiy, ijodiy va amaliy faoliyati bilan mamlakatning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirishdagi xizmatlari uchun taqdirlangan.

 

Shuningdek, ularning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jamiyatda tinchlik, totuvlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

 

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan

 

  • Arabov Ilyos Ismatovich - Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi
  • Turdiyeva Yulduz Choriyevna - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

 

“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan

 

  • Jamoldinov Akmaljon Zaylobidinovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh rassomi

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan

 

  • Israilov Shukurulla Axmadkulovich - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi badiiy so‘z ustasi
  • Yuldashev Bobur Baxadirovich - “Diydor yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi badiiy rahbari
  • Yuldashev Shoxrux Alisherovich - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

 

  • Djamilova Gulchexra Mannonovna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri faxriy aktrisasi
  • Madraimov Abdumalik Abduraimovich - Andijon shahridagi “G‘ijjak Boburiy” oilaviy korxonasi rahbari, Andijon viloyati
  • Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

 

  • Aslanova Yelena Yurevna - Samarqand viloyati gimnastika turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi katta murabbiysi
  • Temirov Vohidjon Omonovich - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yunon-rum kurashi bo‘yicha katta murabbiysi, Toshkent viloyati

 

“Imom Buxoriy” ordeni bilan

 

  • Ibodullayev Maxmud - Payariq tumanidagi “Imom al-Buxoriy” jome masjidi faxriy imomi, Samarqand viloyati
  • Islamov Zaxid Maxmudovich - O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi professori
  • Ishmatbekov Xamid Baxramovich - O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari
  • Mansurov Azizjon Dadajanovich - O‘zbekiston musulmonlari idorasi Faxriylar kengashi raisi
  • Razakov Gafur - Kogon tumanidagi “Bahouddin Naqshband” masjidi imom-xatibi, Buxoro viloyati

 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

 

  • Ashurov Ravshan Radjabovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti laboratoriya mudiri
  • Gulyamova Tashxan Gafurovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti laboratoriya mudiri
  • Elmurodov Karimali Sadinovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filiali xirurgiya bo‘limi shifokori

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

 

  • Abdullayev Ikram Iskandarovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi
  • Annakulov Omon Bobokulovich - Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi murabbiysi
  • Assakalov Rustam Sxatbiyevich - Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
  • Ismailova Janat Xamidovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori
  • Maxmudov Nizomitdin Mamadaliyevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori
  • Nariyev Eduard Ustemirovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazining Jizzax filiali bosh shifokori
  • Piyazov Jenisbek Burkitovich - erkin ijodkor, opera xonandasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Sultanov Karim - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori
  • To‘rayev Halim - Buxoro davlat universitetining Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi professori
  • Xatamova Oygul Kiyomovna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Konimex tumani tez tibbiy yordam stansiyasi shifokori
  • Xayitov Tulkun Mingbayevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Temuriylar tarixi davlat muzeyi ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mudiri

 

“Do‘stlik” ordeni bilan

 

  • Abadiyeva Tatyana Muratovna - Toshkent shahri 5-tumanlararo ftiziatriya dispanseri kattalar bo‘limi ftiziatri
  • Avezdurdiyeva Amangul Orunovna - Toshkent shahar turkman madaniy markazi raisi
  • Galiyev Rashid Talipovich - “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati fotomuxbiri
  • Gafurova Lazizaxon Akramovna - O‘zbekiston Milliy universitetining tuproqshunoslik kafedrasi professori
  • Islamshikov Zuxriddin - O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi a’zosi
  • Kadirov Buri Xudayshukurovich - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i
  • Kemal Yavuz Ataman - “Donishmand maslahat tashqi savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “Donishmand” yuridik byurosi direktori
  • Koroli Mexriya Anvarovna - Toshkent davlat texnika universitetining termodinamika va issiqlik texnikasi kafedrasi professori
  • Kudishkin Valentin Olegovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti loyiha rahbari
  • Levteyeva Larisa Georgiyevna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi
  • Madrimov Israil Modraximovich - professional bokschi 
  • Mamedov Narmurat Gurbanovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Qashqadaryo viloyati filiali Mirishkor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi feldsheri
  • Sotiboldiyeva Nilufar Jamshidovna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi konsert dasturlari boshlovchisi
  • Tursunov G‘aybullo Mufitillo o‘g‘li - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
  • Umbetayev Asqar Nurbayevich - Qoraqalpog‘iston qozoq milliy madaniy markazi raisi
  • Umirzakova Nilufar Talibjanovna - “O‘zbekiston” radiokanalining ma’rifiy, badiiy dam olish dasturlar muharririyati katta muharriri
  • Xasanov Aknazar Bekdurdiyevich - Samarqand davlat universitetining differensial tenglamalar kafedrasi mudiri, Samarqand viloyati
  • Soy Radion Isekovich - O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi qoshidagi Koreya madaniyat saroyi direktori
  • Chistopolova Tatyana Valerevna - “Slavutich” respublika ukrain madaniyat markazining Olmaliq shahar bo‘limi raisi
  • Sharipov Abdukarim - Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati bo‘limi raisi

 

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

 

  • Mustafayeva Nodira Abdullayevna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi rahbari
  • Raxmankulova Zuxra Jandarovna - Toshkent davlat tibbiyot universitetining neonatologiya kafedrasi professori

 

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

 

  • Raxmanova Nazira - Xorazm viloyati bolalar kutubxonasi direktori
  • Raxmatullayev Izatulla - Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining tibbiy va biologik-kimyo kafedrasi dotsenti, Farg‘ona viloyati
  • Suyunov Akram Olimovich - Urgut tumanidagi 118-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Xolmatov Baxtiyor Rustamovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti direktori
  • Ergashev Sirojiddin Fayazovich - Farg‘ona davlat texnika universitetining elektronika va asbobsozlik kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati

 

I darajali “Salomatlik” ordeni bilan

 

  • Arziqulov To‘raqul Narziqulovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali neyroxirurgiya bo‘limi mudiri
  • Boboqulov Xudoyshukur Bo‘ronovich - Qumqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining tumanlararo perinatal markazi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

 

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

 

  • Mavlyanova Raxima Abdishukurovna - Olmaliq shahridagi oilaviy poliklinikasi bo‘lim mudiri, Toshkent viloyati
  • Maxmudov Ilxom Nurmurodovich - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi bo‘lim mudiri
  • Olimov Nemat Kayumovich - Toshkent farmatsevtika institutining farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi mudiri
  • Rayimjonov Xurshidbek Xamidullayevich - Baliqchi tumanidagi “Chinobod fayz plyus” shifoxonasi rahbari, neyroxirurg, Andijon viloyati
  • Saliyev Yaxiya Mamutjanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali shifokori
  • Ten Lyubov Vasilevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filiali jonlantirish bo‘limi anesteziolog-reanimatologi
  • To‘rayev Telmon Temirovich - Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-pediatriya kafedrasi dotsenti, Buxoro viloyati
  • Turayeva Nazira Shukurovna - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati hududiy filiali bo‘lim mudiri
  • Shomurodov Habibullo Fayzullayevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti bosh ilmiy xodimi

 

“Sog‘lom turmush” medali bilan

 

  • Aslonova Shahlo G‘aniyevna - Romitan tumani tibbiyot birlashmasining tumanlararo perinatal markazi neoreanimatsiya bo‘limi mudiri, Buxoro viloyati
  • Jalolov Ulug‘bek Muzafarovich - Kitob tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Iskandarov Farxod Abdullayevich - Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining intervension kardiologiya bo‘limi rentgenoxirurgi
  • Ismoilova Dilfuza Ibragimjanovna - Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasining ichki kasalliklar bo‘limi katta hamshirasi, Andijon viloyati
  • Rashitova Munavvar Kamilovna - Xiva shahar tibbiyot birlashmasining 1-oilaviy poliklinikasi oila shifokori, Xorazm viloyati
  • Tashmatova Komilaxon Turayevna - “Bolajon” telekanalining teleloyihalar ishlab chiqarish muharririyati bosh muharriri
  • Xaydarova Zamira Kaxarovna - Samarqand tumani sog‘liqni saqlash bo‘limining 3-oilaviy poliklinikasi mudiri, Samarqand viloyati

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

 

  • Abdukarimov Abdurashid Dilshod o‘g‘li - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining shifokor-xirurgi
  • Abdurazoqov Doniyor Muxtor o‘g‘li - Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati
  • Baxtiyarova Diana Daniyar qizi - Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘qituvchisi
  • Yeraliyev Xudiyar Baxtiyarovich - Mo‘ynoq tumani sport maktabining futbol bo‘yicha murabbiysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Ismatov Diyorbek Nozim o‘g‘li - Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati 
  • Isroilov Otabek Odiljon o‘g‘li - O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri “Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasining bosh muharriri, Toshkent viloyati
  • Rustamov Dilmurod Zarifboy o‘g‘li - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi

 

“Shuhrat” medali bilan

 

  • Abdullayev Mira’zam Mirodil o‘g‘li - Shoyxontohur tumanidagi “Englify” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, ijtimoiy tarmoqlardagi “Teacher Azam” sahifasi asoschisi, Toshkent shahri
  • Abdiraxmonov Ravshan Ruzimurodovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Xatirchi tumani tez tibbiy yordam stansiyasi haydovchisi
  • Abidova Shaxloxon Qodirjonovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Namangan” radiokanali informatsion, ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy va ko‘ngilochar dasturlar muharririyati sharhlovchisi
  • Ametova Guljaxan Fayzullayevna - Nukus shahridagi 14-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Askarov Dilshodbek Qobilovich - “Vodiy1.uz” tahririyati muharriri
  • Baxritdinov Nuriddin Shamsiddinovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali yurak-qon tomir jarrohlik bo‘limi jarrohi
  • Bosimov Nuriddin Saidkosimovich - Zarbdor tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Gaybullayeva Yulduz Ismoilovna - Uchquduq tumanidagi 10-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati
  • G‘aniyeva Farangiz Bayotovna - Buxoro tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Gafurov Umidjon Ilxomovich - Mirobod tumanidagi “Thebase” xususiy korxonasi rahbari, ijtimoiy tarmoqlardagi “Troll.uz” loyihasi asoschisi, Toshkent shahri
  • Gofurova Diloram Baxadirovna - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
  • Yeshmuratov Kakimbek Daryabayevich - Qorao‘zak tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna - Qo‘qon davlat universitetining gumanitar fanlar va tillar fakulteti dekani, Farg‘ona viloyati
  • Jurayev Alimjon Usarovich - Zangiota tumanidagi “Zangiota” masjidi mutavallisi, Toshkent viloyati
  • Islamov Sharifjon Ganidjanovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fond mudiri
  • Ismoilova Maxliyoxon Xabibullo qizi - Oltiariq tumanidagi 89-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Farg‘ona viloyati
  • Ishanxodjayev Saidaziz Saidnabi o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi o‘rinbosari
  • Karimov Muzafar Kuvondikovich - Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiysi
  • Karshiyev Faxridin Umarovich - Termiz davlat universitetining texnologik ta’lim kafedrasi professori, Surxondaryo viloyati
  • Kiskin Andrey Nikolayevich - Guliston shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
  • Musayeva Shoxistaxon Sadridinovna - Uchqo‘rg‘on tumani 4-texnikumi direktori, Namangan viloyati
  • Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich - O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi direktori
  • Nurmamatov Furqat Abdug‘aniyevich - Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti, Surxondaryo viloyati
  • Rasulov Zokir Pardayevich - O‘zbekiston davlat sport akademiyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
  • Rahmatov Jalol Azamatovich - Shahrisabz tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Rixsiyeva Gulbaxor Tashpulatovna - Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi kichik tibbiy xodimi
  • Sabirova Aysha Atabayevna - Respublika bolalar ftiziatriya va tayanch harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazi laboranti
  • Sagitov Mirxan Mirgaziyan - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi marafonlarni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i
  • Sobirjonova Sevaraxon Abdukarimovna - Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • Sur’atxo‘jayev Salohiddinxo‘ja Ulug‘bek o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi loyihani ishlab chiqarish va amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i
  • Turayev Sarvarbek Kenjaboyevich - “Surxondaryo viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining “Surxondaryo telekanali” muharririyati bosh muharriri 
  • Turakulov Kaxraman Izatullayevich - “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi
  • Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining jahon adabiyoti kafedrasi mudiri
  • Eshmurodova Muyassar - Nurota tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi kardiologi, Navoiy viloyati
  • Yuldashev Elyor Turgunpulatovich - “Namangan International University and School” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Namangan viloyati
  • Yunusov Baxodirjon Jaloldinovich - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi
custom img

Taniqli qilichboz va MOQ sobiq raisi Sobir Ro‘ziyev vafot etdi

U jahon chempionatlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

custom img

Qozog‘istonda YTH oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hozirda ularni Vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

custom img

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz va TDYU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Hujjat inson huquqlari, yuridik ta’lim, ilmiy-tadqiqotlar va yosh huquqshunoslar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

custom img

OTMga kira olmagan abituriyentlar uchun 6-yo‘nalish tanlash boshlandi

Abituriyentlar 28-avgustgacha 31 mingdan ortiq vakant o‘rin uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

custom img

Toshkentda yo‘lni to‘sib qo‘yish ortidan janjal kelib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi.

custom img

Kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlariga menejerlik sertifikati berish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, menejerlik sertifikatiga ega texnikum direktorlari va direktor o‘rinbosarlarining lavozim maoshiga mos ravishda 50 va 30 foiz miqdorida har oylik ustama belgilandi.

custom img

“Stadionni qanday qilib yo‘q qilib yuboryapsan?” — Surxondaryo hokimi

Ulug‘bek Qosimov maktab stadionlari o‘rnida qo‘shimcha binolar qurilayotganini tanqid qilib, maktab hududlaridan foydalanishda mas’uliyatli yondashuvni talab qildi.

custom img

Surxondaryoda 3 kg ga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Afg‘oniston fuqarosi “opiy”ni “jonli konteyner” orqali olib kirgani aniqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"