O'zbekiston

OTMga kira olmagan abituriyentlar uchun 6-yo‘nalish tanlash boshlandi

Abituriyentlar 28-avgustgacha 31 mingdan ortiq vakant o‘rin uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

OTMga kira olmagan abituriyentlar uchun 6-yo‘nalish tanlash boshlandi

O‘zbekistonda joriy o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

 

2026/2027-o‘quv yilida 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 ming 808 ta vakant o‘rin mavjud. Ushbu o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida 22-avgustdan boshlab abituriyentlar uchun qo‘shimcha tanlov jarayoni boshlandi.

 

Qo‘shimcha tanlovda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija qayd etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar ishtirok etishi mumkin.

 

Abituriyentlar 22-avgustdan 28-avgustgacha Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

 

Tanlovda fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rin mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash mumkin.

 

Abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida, bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida talabalikka tavsiya etiladi.

custom img

Toshkentda yo‘lni to‘sib qo‘yish ortidan janjal kelib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi.

custom img

Kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlariga menejerlik sertifikati berish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, menejerlik sertifikatiga ega texnikum direktorlari va direktor o‘rinbosarlarining lavozim maoshiga mos ravishda 50 va 30 foiz miqdorida har oylik ustama belgilandi.

custom img

“Stadionni qanday qilib yo‘q qilib yuboryapsan?” — Surxondaryo hokimi

Ulug‘bek Qosimov maktab stadionlari o‘rnida qo‘shimcha binolar qurilayotganini tanqid qilib, maktab hududlaridan foydalanishda mas’uliyatli yondashuvni talab qildi.

custom img

Surxondaryoda 3 kg ga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Afg‘oniston fuqarosi “opiy”ni “jonli konteyner” orqali olib kirgani aniqlandi.

custom img

“Birorta bozor yopilmaydi va o‘z funksiyasini yo‘qotmaydi” — Shavkat Umurzoqov

Toshkent shahar hokimi investorlarga taklif etilayotgan 35 ta bozor va savdo majmualari haqida ma’lumot berdi.

custom img

Qiziqchi Shukurullo Isroilov rasman lavozimga tayinlandi

Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar bo‘ldi.

custom img

Dori, sigaret, telefon va qurilish buyumlari: qalbaki hujjatlar asosidagi yuk ushlandi

Holat yuzasidan uch nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

O'zbekistonning yettita viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

Kutilayotgan yomg‘irlar sabab tog‘oldi hududlarida sel-suv toshqinlari hamda ayrim joylarda suv to‘planishi ehtimoli mavjud.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"