Jahon

O‘zbekiston fuqarolariga ham taalluqli AQSH viza cheklovi bekor qilindi

Sud Tramp ma’muriyatining 75 davlat fuqarolariga immigratsion vizalar berishni to‘xtatish siyosatini noqonuniy deb topdi.

O‘zbekiston fuqarolariga ham taalluqli AQSH viza cheklovi bekor qilindi

 

AQSH federal sudi Tramp ma’muriyatining 75 davlat fuqarolariga immigratsion vizalar berilishini vaqtincha to‘xtatish haqidagi siyosatini noqonuniy deb topdi. Mazkur cheklov O‘zbekiston fuqarolariga ham taalluqli edi.

 

Manxetten okrugi sudyasi Jannet Vargas Davlat departamenti tomonidan joriy etilgan siyosatni “aniq noqonuniy” deb baholab, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio o‘z vakolatidan oshib ketgan degan xulosaga kelgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, Davlat departamenti ayrim mamlakatlar fuqarolariga faqat ularning fuqaroligidan kelib chiqib immigratsion viza berishni to‘xtatish vakolatiga ega emas. Sudya bunday cheklov federal immigratsiya qonunchiligiga zid ekanini ta’kidlagan.

 

Cheklov 2026-yil yanvar oyida joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekiston, Rossiya va yana 73 davlat fuqarolariga ta’sir qilgan. U faqat AQSHda doimiy yashash uchun beriladigan immigratsion vizalarga taalluqli bo‘lgan. Turistik va boshqa vaqtinchalik vizalar ushbu siyosat doirasiga kirmagan.

 

AQSH ma’muriyati cheklovni ushbu mamlakatlardan kelgan ayrim fuqarolarning AQSH davlat byudjetiga yuk bo‘lishi va ijtimoiy yordamga tayanish ehtimoli yuqoriligi bilan izohlagan edi.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"