Jahon

Rossiyaning “Yabloko” partiyasi parlament saylovlaridan chetlatildi

Partiya vakillari saylovdan chetlatilish ortida siyosiy sabablar turganini bildirgan.

Rossiyaning “Yabloko” partiyasi parlament saylovlaridan chetlatildi


 
Rossiya Oliy sudi “Yabloko” partiyasini parlament saylovlarida qatnashish huquqidan mahrum qildi. Partiya saylovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilganidan ko‘p o‘tmay, uning nomzodlar ro‘yxatiga qarshi da’vo kiritilgan va sud bu talabni qanoatlantirgan.


 
Partiyani saylovdan chiqarish uchun rasmiy asos sifatida mualliflik huquqi bilan bog‘liq da’volar hamda xorijdan mablag‘ olingani haqidagi e’tirozlar ko‘rsatilgan. “Yabloko” vakillari esa bu sabablarni rad etib, partiyani saylov jarayonidan chiqarish qarori uning Ukrainadagi urushga nisbatan pozitsiyasi bilan bog‘liq ekanini ta’kidlagan.


 
Partiya urushni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini boshlash tarafdori ekanini muntazam bildirib keladi. Shu sababli uning parlament saylovlaridagi ishtiroki urushga qarshi kayfiyatdagi saylovchilar uchun siyosiy tanlovlardan biri sifatida ko‘rilgan.


 
Partiya rahbari Nikolay Ribakovning ta’kidlashicha, “Yabloko”ning saylovdagi asosiy maqsadi parlamentda ko‘pchilikni qo‘lga kiritish emas, balki Ukrainadagi urushni imkon qadar tezroq tugatish masalasini siyosiy kun tartibida saqlab qolish bo‘lgan.


 
Partiyaning saylovdan chetlatilishi arafasida unga bo‘lgan qiziqish ham oshgan. “Yabloko”ning ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyasi sezilarli ravishda kengaygan, partiya nomi internet qidiruvlarida ham avvalgidan ko‘proq uchray boshlagan. Partiya tarafdorlari buni urushga qarshi qarashdagi rossiyaliklar uchun qonuniy siyosiy maydonga ehtiyoj ortayotgani bilan izohlagan.


 
“Yabloko”ning saylovdan chiqarilishi Moskvada noroziliklarga ham sabab bo‘lgan. Oliy sud binosi oldida partiya tarafdorlari yig‘ilgan, ayrim namoyishchilar politsiya tomonidan ushlangan.


 
Ma’lumot uchun, “Yabloko” 1990-yillar boshida tashkil etilgan. Partiya Rossiya prezidenti Vladimir Putin hokimiyatga kelganidan keyin ham parlamentdan tashqari muxolif siyosiy kuch sifatida faoliyatini davom ettirgan.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"