O'zbekiston

Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Sherzod Asadov 2021-yil mart oyidan buyon prezident matbuot kotibi sifatida ishlab kelmoqda.

Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

 

Sherzod Asadov 2021-yil mart oyida Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — Prezident matbuot kotibi etib tayinlangan. 2023-yil avgust oyida esa Prezident matbuot kotibi lavozimiga tayinlangan.

 

2025-yil 14-iyuldagi Prezident farmoni bilan u Prezident Administratsiyasida yangi tashkil etilgan Kommunikatsiyalar departamenti rahbari — O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi lavozimiga tayinlangan.

 

1981-yil 4-mayda Buxoro viloyatida tug‘ilgan Sherzod Asadov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. U rus, ingliz, ispan va turk tillarini biladi.

 

Asadov mehnat faoliyatini 2007-yilda Tashqi ishlar vazirligida boshlagan. Keyingi yillarda O‘zbekistonning Singapur va Avstriyadagi diplomatik vakolatxonalarida, Tashqi ishlar vazirligida hamda xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik vakolatxonalarda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

 

2020-yildan 2021-yil martigacha O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Soat 09:00 dan 18:00 gacha yirik gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.