Jahon

Ukraina Rossiyaga zarbalar uchun Starlink’dan foydalanmoqchi

Zelenskiy Ilon Maskdan Starlink’dan Ukraina hududidan tashqarida foydalanishga ruxsat berishni so‘ragan.

Ukraina Rossiyaga zarbalar uchun Starlink’dan foydalanmoqchi

 

Ukraina Rossiya hududining ichkarisidagi harbiy nishonlarga zarba berish uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimidan foydalanish imkoniyatini kengaytirishni so‘ramoqda. Bu haqda Financial Times nashri manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev Rossiyaning ballistik raketa uchirish qurilmalariga qarshi uzoq masofali dronlardan foydalanishni rejalashtirmoqda. Bunday dronlarda Starlink terminallaridan foydalanish operatorlar bilan uzoq masofada barqarorroq aloqa o‘rnatish imkonini berishi, shuningdek, radioelektron to‘sqinliklarga chidamliligini oshirishi mumkin.

 

Hozirda Ukraina Starlink tizimidan mamlakat hududida harbiy va fuqarolik maqsadlarida foydalanmoqda. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa SpaceX rahbari Ilon Maskdan Starlink’dan Ukraina hududidan tashqarida ham foydalanishga ruxsat berishni so‘ragani aytilmoqda.

 

FT manbalariga ko‘ra, Kiyev Rossiya hududida 200 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi uzoq masofali dronlar uchun Starlink’dan foydalanishga ruxsat so‘ragan. Ukraina tomoni zarbalar masofasini cheklash Maskning ushbu talabni ma’qullashiga yordam berishi mumkinligini bildirmoqda.

 

Nashrning qayd etishicha, masala yuzasidan muzokaralar Ukraina sobiq mudofaa vaziri, Ilon Mask bilan bevosita aloqada bo‘lgan Mixaylo Fedorovning lavozimidan ketishi ortidan murakkablashgan.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"