Jahon

Xitoy roboti 100 metrga yugurish bo‘yicha inson rekordini yangiladi

Honor kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Yashin” nomli gumanoid robot 100 metr masofani 9,32 soniyada bosib o‘tgan.

Xitoy roboti 100 metrga yugurish bo‘yicha inson rekordini yangiladi


 
Xitoyda ishlab chiqarilgan “Yashin” roboti 100 metrga yugurish natijasini Pekinda o‘tkazilgan Ikkinchi jahon gumanoid robotlar o‘yinlari oldidan tashkil etilgan sinov musobaqasida qayd etgan. Xitoy davlat televideniyesi xabariga ko‘ra, robot yugurish vaqtida maksimal 14,5 metr/soniya tezlikka erishgan.


 
Shu tariqa, robotning natijasi insonlar o‘rtasidagi amaldagi 100 metrga yugurish bo‘yicha jahon rekordidan 0,26 soniyaga tezroq bo‘lgan. Usain Bolt mazkur rekordni 2009-yilda Berlinda o‘tkazilgan jahon chempionatida 9,58 soniya natija bilan o‘rnatgan.


 
“Yashin” bundan oldin ham yugurishdagi natijasi bilan e’tibor qozongan. Aprel oyida robot Pekindagi 21 kilometrli yarim marafonda 50 daqiqa 26 soniya natija qayd etib, insonlar o‘rtasidagi jahon rekordidan tezroq yugurgan.


 
Robot dastlab 169 santimetr bo‘yga va 95 santimetr uzunlikdagi oyoqlarga ega bo‘lgan. 100 metrga yugurish sinovlariga tayyorgarlik jarayonida uning oyoqlari 1,05 metrgacha uzaytirilgan. Bu o‘zgarish robotning yugurish tezligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan.


 
Biroq “Yashin”ning 9,32 soniyalik natijasi insonlar o‘rtasidagi jahon rekordini rasman yangilagan natija hisoblanmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"