O'zbekiston

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida "Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar" xalqaro mediaforumi doirasida 26-avgust kuni noyob Qur’on nusxasini yaratish bo‘yicha Jahon xattotlari tanlovi e’lon qilinadi.

 

"Dunyo Qur’oni: xattotlik an’analaridan — kelajak merosi sari" loyihasini xattot, Islom sivilizatsiyasi markazi huzuridagi Xattotlik maktabi direktori Habibullo Solih taqdim etadi. Noyob Qur’on nusxasi turli mamlakatlar va xattotlik maktablariga xos islom xattotligining eng yaxshi an’analarini o‘zida mujassam etishi ko‘zda tutilgan.

 

Tanlov mediaforumning "Asrlarni birlashtiruvchi meros. Islom sivilizatsiyasining ma’naviy mazmunlari" nomli yalpi sessiyasida tantanali e’lon qilinadi. Sessiya 26-avgust kuni soat 9:30 dan 12:00 gacha bo‘lib o‘tadi.

 

Sessiya doirasida ommaviy axborot vositalarining stereotiplar va islomofobiyani bartaraf etishdagi roliga bag‘ishlangan xalqaro muhokama ham tashkil etiladi. Unda Islom hamkorlik tashkiloti, shuningdek, Jazoyir, Umon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Iroq, Mali va O‘zbekiston davlat tuzilmalari hamda OAV vakillari ishtirok etadi.

 

Dasturdan Qur’on va qo‘lyozma merosiga bag‘ishlangan qator loyihalar ham o‘rin olgan. Ular orasida "114 Qur’on: islom olami xattotligining 114 durdonasi", "Katta Langar Qur’oni: haqiqat va afsonalar» xalqaro loyihasi, shuningdek, "Sun’iy intellekt — qadimiy qo‘lyozmalarni o‘qishning raqamli kaliti" loyihasi mavjud.

 

 

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda xattotlik an’analari institutsional darajada qayta tiklanmoqda. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi huzurida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Xattotlik maktabi faoliyat yuritmoqda. Ushbu maktabda suls, nasx, nasta’liq, ruq’a, devoniy va kufiy kabi an’anaviy xat uslublarini o‘rgatish rejalashtirilgan.

 

Xattotlik san’ati Samarqand viloyatidagi yangi Imom Buxoriy majmuasida ham alohida o‘rin tutadi. Majmua peshtoqlari va ayvon devorlari "Sahihi Buxoriy" asaridan olingan hadislar bitilgan yozuvlar bilan bezatilgan.

 

Shuningdek, majmua huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabi faoliyat yuritmoqda.

 

24-28-avgust kunlari Toshkent va Samarqandda o‘tkaziladigan xalqaro mediaforumning asosiy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ladi. Unda qariyb 50 mamlakatdan 300 nafar media va ekspertlar hamjamiyati vakillari — mediakompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar hamda kreativ industriya mutaxassislari ishtirok etadi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

custom img

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Inoqov Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichi bitiruvchisi hisoblanadi

custom img

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ikki xodim “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Marhum FVV xodimi Toshkentdagi xonadonda bo‘lgan yong‘inda 7 kishini qutqarib, o‘zi halok bo‘lgandi. YPX xodimi Spark urib ketishi oqibatida vafot etgandi.

custom img

Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Sherzod Asadov 2021-yil mart oyidan buyon prezident matbuot kotibi sifatida ishlab kelmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov yuksak mukofot bilan taqdirlandi

Prezident farmoniga ko‘ra bir qator davlat xizmatchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"