O'zbekiston

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida vazirlik va idoralar hamda aksiyadorlik jamiyatlarining markaziy apparatlari xodimlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” ochiq chempionati o‘tkazildi.

 

 

Musobaqa “O‘zbekgidroenergo” AJ tashabbusi bilan xodimlar o‘rtasida shaxmatni ommalashtirish, ularni sport musobaqalariga keng jalb etish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

 

 

22-avgust kuni Yoshlar ijod saroyida chempionatning asosiy final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasining malakali hakamlari faoliyat olib bordi. Bellashuvlar FIDE qoidalari asosida shveytsar tizimida tashkil etilib, ishtirokchilar 11 tur davomida g‘oliblik uchun bahslashdi.

 

 

Final bosqichida 120 nafardan ortiq ishtirokchi shaxmat taxtasi atrofida o‘zaro kuch sinashdi.

 

 

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” AJ vakili Farrux Rajabov birinchi o‘rinni egalladi. “Asakabank” AJ xodimi Davron Sulaymonov ikkinchi, Ichki ishlar vazirligi vakili Sherbek Xurramov esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

G‘olib va sovrindorlarga tantanali taqdirlash marosimida pul mukofotlari topshirildi. Jumladan, birinchi o‘rin sohibi Farrux Rajabov 130 million so‘m, ikkinchi o‘rin sohibi Davron Sulaymonov 100 million so‘m, uchinchi o‘rin sohibi Sherbek Xurramov esa 70 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

 

Shuningdek, musobaqaning turli nominatsiyalarida munosib ishtirok etgan bir qator shaxmatchilarga “O‘zbekgidroenergo” AJning qimmatbaho va esdalik sovg‘alari topshirildi.

«Qattiq chora ko‘ring»: ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan yigit qamaldi

«Qattiq chora ko‘ring»: ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan yigit qamaldi

22 yoshli yigit yo‘l bo‘yida savdo qilayotgan ayolga nomaqbul taklif bilan murojaat qilgan.

Toshkentda aliment to‘lamay yurgan ota qidiruvda topildi

Toshkentda aliment to‘lamay yurgan ota qidiruvda topildi

Erkakka nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangach, u 164 mln qarzini to‘lashga majbur bo‘lgan.

Namanganda alimentdan qarzdor ota bilyard zalidan topildi

Namanganda alimentdan qarzdor ota bilyard zalidan topildi

U avval maʼmuriy jazoga tortilgan bo‘lsa-da, tegishli xulosa chiqarmagan.

Jizzaxda MIB orqali fuqaroning mol-mulki olib berildi

Jizzaxda MIB orqali fuqaroning mol-mulki olib berildi

Zominda qarzdordan undiruvchi foydasiga 30 turdagi mol-mulklar olib berildi.

Kamerani tepib sindirdi: Chilonzorda ikki yigit 3 sutkaga qamaldi

Kamerani tepib sindirdi: Chilonzorda ikki yigit 3 sutkaga qamaldi

Spirtli ichimlik ta'sirida bo'lgan yigitlar ko'p qavatli uy kirish yo‘lagida kamerani sindirgan.

Qog‘ozbozlik va ortiqcha yig‘ilishlar: O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda

Qog‘ozbozlik va ortiqcha yig‘ilishlar: O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda

Ta’lim va fan vaziri pedagoglarning maqomini oshirish, ma’muriy ishlarini kamaytirish va ta’lim sifatini yaxshilash masalalarini ko‘rib chiqdi.

12 mingdan ortiq murojaat: banklarning yangilangan antireytingi e’lon qilindi

12 mingdan ortiq murojaat: banklarning yangilangan antireytingi e’lon qilindi

Ikki bank antireytingdan chiqdi, yana ikkitasi ro‘yxatga kirdi.

“Qaytib bu ishni qilmayman”: 5-sinf o‘quvchisi qo‘shnisining mashinasini haydadi

“Qaytib bu ishni qilmayman”: 5-sinf o‘quvchisi qo‘shnisining mashinasini haydadi

Qo‘shnisiga tegishli avtomobilini boshqarib, videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan o‘quvchi va uning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, qonuniy chora ko‘rildi.