O'zbekiston

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

O‘zbekistonda alkogol va tamaki bozorini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqildi. 

 

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashabbusi bilan 8 ta normativ-huquqiy hujjatga 28 ta o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha loyihalar tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

 

Shuningdek, sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini xalqaro talablar asosida tashkil etish uchun 5 ta yangi standart ishlab chiqilgan. Yashirin iqtisodiyot ko‘lamini aniqlash va ilmiy yondashuvlarni kengaytirish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.

 

Joriy yilning dastlabki olti oyida litsenziyalash bo‘yicha 71 ta ariza ko‘rib chiqilgan. Natijada 2 ta alkogol ishlab chiqaruvchi va 15 ta ulgurji korxonaga litsenziya, 8 ta omborxonaga ruxsatnoma berilgan. Litsenziya to‘lovlari bo‘yicha monitoring natijasida 6,1 mlrd so‘m mablag‘ undirilishi ta’minlangan.

 

Shu davrda 318 ta texnologik yo‘riqnoma o‘rganilib, 241 tasi kelishilgan, 77 tasi esa aniqlangan kamchiliklar sabab rad etilgan. Ishlab chiqarish liniyalaridagi 275 ta elektron hisoblagich muhrlangan.

 

Birja savdolari orqali etil spirti xarid qilish bo‘yicha kelib tushgan 37 ta talabnomaning 30 tasiga ruxsat berilgan.

 

Hozirda mamlakatda alkogol va tamaki sohasida 12 856 ta subyekt faoliyat yuritmoqda. Ularning 12 288 tasi chakana, 496 tasi ulgurji savdo korxonasi, qolganlari esa ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"