Jahon

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda


 
Eron mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi, brigada generali Majid Ibn ar-Rizo mamlakat kelgusi 50 yil davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan. U bu haqda 23-avgust kuni qilgan chiqishida ma’lum qilgan deb xabar berdi Tasnim news.


 
Ibn ar-Rizo so‘nggi qarama-qarshiliklar davomida Eron dushman tomon haqida katta hajmdagi razvedka ma’lumotlari va texnologik tajribaga ega bo‘lganini aytgan. Uning ta’kidlashicha, olingan ma’lumotlar dushmanning taktikasi va operatsiyalarini yaxshiroq tushunish, shuningdek, Eronning mudofaa sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish imkonini bergan.


 
Ar-Rizoning qayd etishicha, dushmanning maqsadlari aniqlangan va tahlil qilingan, zarur razvedka ma’lumotlari esa operativ kuchlarga yetkazilgan.


 
U Eron Qurolli kuchlari nishonlarni aniq hisoblash va samarali boshqarish orqali raqibga jiddiy zarbalar berishga muvaffaq bo‘lganini bildirgan. Shuningdek, Eronning yaqinda AQSH va Isroil bilan yuz bergan urushda assimetrik va samarali strategiyalardan foydalanganini, raqib esa jang maydonida ancha yuqori xarajatlarga duch kelganini ta’kidlagan.

custom img

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"