Jahon

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

 

Eron Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston o‘rtasida imzolangan kollektiv mudofaa bo‘yicha “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi. Bu haqda Eron Parlament axborot agentligi rahbari Mehdi Rahimiy Al-Mayadeen telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Rahimiyning so‘zlariga ko‘ra, Eron rasmiylari hozirda mazkur taklifni ko‘rib chiqmoqda. Uning ta’kidlashicha, mintaqa davlatlari o‘rtasida yagona “xavfsizlik soyaboni”ni shakllantirish Eron uchun ijobiy qadam bo‘lishi mumkin. U Tehron bunday mintaqaviy xavfsizlik tizimini uzoq vaqtdan beri qo‘llab-quvvatlab kelayotganini qayd etgan.

 

Eron rasmiysi AQSh va Eron o‘rtasidagi so‘nggi mojaro AQShning mintaqa davlatlari xavfsizligini ta’minlash borasidagi va’dalari samaradorligi yuzasidan savollarni kuchaytirganini bildirgan. Shuningdek, u mojaroda AQShga yordam bergan davlatlar buning uchun oqibatlarga duch kelishini ta’kidlagan.

 

“Makka kelishuvi” 7-avgust kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif tomonidan imzolangan. Kelishuvga ko‘ra, tomonlardan biriga qilingan qurolli hujum barcha a’zolarga qarshi tajovuz sifatida baholanadi.

 

Kelishuv AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

custom img

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"