Migratsiya agentligi Rossiyadan qayta olmayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
Moliyaviy yoki boshqa jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan fuqarolarga amaliy yorda ko'rsatiladi.

Migratsiya agentligi Rossiyada bo‘lib turgan va moliyaviy yoki boshqa jiddiy qiyinchiliklar sabab O‘zbekistonga qaytish imkoniga ega bo‘lmayotgan fuqarolarni yordam so‘rab murojaat qilishga chaqirdi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, bunday fuqarolar Rossiyadagi vakolatxona va hududiy vakillarga murojaat qilishi mumkin. Ular 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda.
Bog‘lanish uchun:
-
Call-markaz: +7 (499) 230-00-32, +7 (499) 230-00-76
-
Ishonch telefoni: +7 (925) 045-47-44
Shuningdek, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Samara, Novosibirsk, Krasnodar va Vladivostok shaharlarida hududiy vakillar faoliyat yuritmoqda.
Har bir murojaat individual tartibda o‘rganilib, zarur amaliy yordam ko‘rsatiladi. Belgilangan tartibda fuqarolarning Vatanga qaytishi uchun transport xarajatlari ham qoplab beriladi.
Agentlik fuqarolarni muammoli vaziyat yuzaga kelganda yordam so‘rashni kechiktirmaslikka chaqirdi.








