Jahon

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

 

Rossiyaning Omsk shahrida qurilayotgan binoda yuz bergan yong‘in oqibatida shifoxonada vafot etgan to‘rtinchi shaxs, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2003-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lumotiga tayanib, TASS xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqaro yong‘in oqibatida jabrlangan va keyinchalik Nijniy Novgoroddagi tibbiyot muassasasiga maxsus reys orqali olib ketilgan. Biroq u shifoxonada vafot etgan.

 

Yong‘in 15-avgust kuni ertalab Omsk shahridagi Krupskaya va Arxitektorov ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan binoda yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in binoning birinchi qavatidan boshlanib, yuqori qavatlarga tarqalgan.

 

Hodisa oqibatida jami 11 kishi jarohatlangan, ulardan uch nafari qutqarilgan. To‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 143-moddasi 2-qismi — mehnat xavfsizligi talablarini buzish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"