O'zbekiston

O‘zbekistonda shaxsiy transport vositalari soni 5 millionga yaqinlashdi

Shaxsiy transport vositalari eng ko‘p Toshkent shahrida, eng kam Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.

O‘zbekistonda shaxsiy transport vositalari soni 5 millionga yaqinlashdi

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 982 516 ta avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

 

Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etadi — 4 618 719 ta. Shuningdek, mamlakat aholisi tasarrufida 343 375 ta yuk avtomobili, 7 508 ta mikroavtobus, 7 128 ta maxsus transport vositasi va 5 786 ta avtobus mavjud.

 

Hududlar kesimida eng ko‘p shaxsiy transport vositasi Toshkent shahrida — 637 706 ta qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 573 472 ta, Samarqand viloyati — 563 072 ta, Qashqadaryo viloyati — 457 457 ta va Toshkent viloyati — 476 148 ta turibdi.

 

Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida — 110 122 ta transport vositasini tashkil etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"