Jahon

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

 

Rossiyaning Moskva shahrida ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida jamoat joyida yurgani ortidan ma’muriy javobgarlikka tortildi. Lyublin sudi ularni 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olish va Rossiya hududidan chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgan. Bu haqda mahalliy nashrlar sud materiallariga tayanib xabar berdi.

 

Sud materiallariga ko‘ra, H. Rahimov va Y. Saizoda 18-avgust kuni Moskvaning “Sadovod” bozorida qo‘lga olingan. Politsiya ma’lumotida ular ayollar kiyimida bo‘lgani va kiyimlarda “tanlov erkinligi” mazmunidagi shior aks etgani qayd etilgan.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ularning harakatlarini Rossiyada taqiqlangan “noan’anaviy jinsiy munosabatlarni targ‘ib qilish” sifatida baholagan. Biroq sud materiallarida kiyimlarning aniq tavsifi va shiorning qanday ko‘rinishda bo‘lgani batafsil ko‘rsatilmagan.

 

Sudda Rahimovning turmush qurgani va bir nafar farzandi borligi, Saizodaning esa to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi borligi ma’lum bo‘lgan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, fuqarolar Saxarovo chet el fuqarolari uchun mo‘ljallangan maxsus hibsxonaga joylashtiriladi. Shuningdek, ularni 17-noyabrgacha Rossiyadan deportatsiya qilish hamda sud qarori chiqarilgan kundan boshlab besh yil muddatga Rossiyaga kirishini taqiqlash belgilangan.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"