O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqalari hamrohligida Buxoroning jahonga mashhur tarixiy obidalari bilan tanishdi.

 

 

Oliy martabali mehmonlar Somoniylar maqbarasi, Ark qo‘rg‘oni, Poyi Kalon va Labi Hovuz majmualari hamda Ko‘kaldosh madrasasini ziyorat qildi.

 

Tashrif Ismoil Somoniy tomonidan barpo etilgan Somoniylar maqbarasidan boshlandi. Mehmonlarga obidaning tarixi, me’moriy xususiyatlari va Sharqda ilm-fan hamda madaniyat rivojidagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Mazkur maqbara 1993-yilda YUNЕSKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

 

 

Shundan so‘ng davlat rahbarlari qadimiy Ark qal’asiga tashrif buyurdi. Ko‘p asrlar davomida Buxoroning siyosiy va ma’muriy markazi bo‘lgan qal’a keyinchalik Buxoro hukmdorlarining qarorgohi vazifasini bajargan. Bugungi kunda Ark Buxoroning eng mashhur tarixiy obidalaridan biri hisoblanadi.

 

 

Mehmonlar Poyi Kalon majmuasi bilan ham tanishdi. Markaziy Osiyoning eng salobatli me’moriy majmualaridan biri bo‘lgan ushbu ansambl tarkibidan 1127-yilda bunyod etilgan Kalon minorasi, XVI asr boshlariga oid Kalon masjidi va Mir Arab madrasasi o‘rin olgan.

 

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Labi Hovuz majmuasini ziyorat qildi. Qadimiy hovuz atrofida shakllangan ushbu tarixiy maskanda Ko‘kaldosh madrasasi, Nodir Devonbegi madrasasi va xonaqohi joylashgan.

 

 

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi. 

 

 

Shuningdek, mehmonlarga xalq hunarmandchiligi namunalari va tarixiy obidalardagi badiiy bezaklar namoyish etildi. Oliy martabali mehmonlar Buxoroning o‘ziga xos me’moriy merosi, tarixiy obidalari va madaniy an’analari bilan yaqindan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aktyor Bilol Isxakov avvalroq Prezident va Prezident Administratsiyasi rahbariga murojaat qilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Inson taqdiri haqidagi hikoya xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Toshkentda 66-yo‘nalishdagi avtobusning sanitariya holati ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan.

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Bundan tashqari, ayrim logistika markazlari 2040-yilgacha yer va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinadi.

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

To‘lovning FIFA yillik hisobotida ko‘rsatilmagani rahbar daromadlarining shaffofligi yuzasidan savollarni keltirib chiqardi.