Jahon

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qilib, bunday holat qozoq xalqining an’anaviy odob-axloq me’yorlariga mos kelmasligini ta’kidladi. U bu haqda Ostonada boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida ovoz berganidan keyin jurnalistlarga ma'lum qilgan.

 

Davlat rahbari suhbatda erkaklarning, hatto harbiy forma kiygan generallarning ham bir-birini quchoqlayotganiga munosabat bildirgan. Uning ta’kidlashicha, bunday holat qozoq xalqining tarixiy urf-odatlariga xos emas.

 

Toqayev bunday vaziyatni Ikkinchi jahon urushida qatnashgan sovet marshallari misolida tasavvur qilish qiyinligini aytib, an’anaviy muomala madaniyatiga qaytish zarurligini ta’kidlagan.

 

Prezident erkaklar o‘rtasidagi salomlashuv va samimiy munosabatlarda qo‘l berib ko‘rishish, zarur holatlarda esa o‘ng qo‘lni yurak ustiga qo‘yish kabi odatlarni ma’qul deb hisoblashini bildirgan.

 

Shuningdek, Toqayev jamiyatdagi an’anaviy muomala va odob-axloq me’yorlarini mustahkamlashga qaratilgan xulq-atvor kodeksini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surgan. U yoshlar va katta avlod vakillarini milliy an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirgan.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.