O'zbekiston

Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida yong‘in chiqdi

Labo qayrilayotgan vaqtda Lacetti va Tracker bilan to‘qnashib ketgan.

Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida yong‘in chiqdi

 

24-avgust kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

 

Viloyat YHXB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa soat 07:30 lar atrofida D002 “Toshkent–Nurafshon” avtomobil yo‘lining 9-kilometrida yuz bergan.

 

1991-yilda tug‘ilgan haydovchi “Labo” rusumli avtomobilni qayrilib olish mumkin bo‘lgan joydan qaytarayotgan vaqtida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Lacetti” va “Tracker” avtomobillari bilan to‘qnashgan.

 

To‘qnashuv oqibatida transport vositalarida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in FVV xodimlari tomonidan to‘liq bartaraf etilgan.

 

Hodisa natijasida hech kim jarohatlanmagan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"