Toshkentda farzandlarini ko‘rgani borgan erkakni qaynotasi va qayniukasi do'pposladi
Fuqaroga tan jarohati yetkazilgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqaro tomonidan bir kishiga tan jarohati yetkazilayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9-avgust kuni 1991-yilda tug‘ilgan B.R. sobiq turmush o‘rtog‘i, 1997-yilda tug‘ilgan D.Q.ning Sergeli tumanida joylashgan uyiga farzandlarini ko‘rish uchun borgan.
Shu vaqt davomida B.R. va sobiq turmush o‘rtog‘ining oila a’zolari o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan. Natijada 1965-yilda tug‘ilgan M.Q. va 1992-yilda tug‘ilgan E.Q. B.R.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Tekshiruv yakunlari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.








