Jahon

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mamlakatda boshpana so‘ragan yoki boshpana olish jarayonida bo‘lgan xorijliklarga berilgan 200 minggacha B1/B2 turistik va biznes vizalarini bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Associated Press AQSh Davlat departamenti hujjatlariga tayanib xabar berdi.

 

Davlat departamenti Ichki xavfsizlik departamenti bilan hamkorlikda AQShga qisqa muddatli tashrif buyuruvchi sifatida kirib, keyinchalik mamlakatda doimiy qolish maqsadida boshpana so‘ragan xorijliklarning noimmigratsion vizalarini aniqlash va bekor qilish ustida ishlamoqda.

 

AP ma’lumotlariga ko‘ra, tegishli choralar kelgusi haftalarda e’lon qilinishi kutilmoqda. Ular asosan 2016–2026-yillar oralig‘ida berilgan B1/B2 vizalariga taalluqli bo‘lishi mumkin.

 

AQSh Davlat departamenti vakili Tommi Pigott vizalar bekor qilinishi mumkin bo‘lgan aniq sonni ma’lum qilmagan. Uning qayd etishicha, jarayon davom etar ekan, bekor qilinadigan vizalar soni o‘zgarib boradi.

 

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi. Biroq bunday shaxsning mamlakatga turizm yoki biznes maqsadida kirish huquqi bekor qilinadi va uning immigratsion maqomi boshqa tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

Mazkur reja amalga oshirilsa, AQSh tarixidagi eng yirik ommaviy viza bekor qilish holatlaridan biri bo‘lishi va sud jarayonlariga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh federal sudi Tramp ma’muriyatining 75 davlat fuqarolariga immigratsion vizalar berilishini vaqtincha to‘xtatish haqidagi siyosatini noqonuniy deb topib, ushbu qarorni bekor qilgan edi.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"