O'zbekiston

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

 

25 avgust kuni Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumining ilk yalpi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

 

“O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi — buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi” mavzusidagi sessiyada CNN, BBC Studios, 1001 Inventions xalqaro loyihasi, shuningdek, O‘zbekistonning davlat va media tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

 

Sessiya Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning markazni yangi turdagi madaniy-ma’rifiy media platforma sifatidagi salohiyatiga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan boshlandi. Ishtirokchilarga markaz faoliyati va uning imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot ham namoyish etildi.

 

Tadbirda xalqaro media kompaniyalari vakillari ham ishtirok etdi. Jumladan, CNN vakili Paula Hancocks sessiyaga moderatorlik qildi. CNN International Commercial ijrochi vitse-prezidenti Fil Nelsonning maxsus video tabrigi namoyish etildi. Kompaniyaning mintaqaviy vakili Imran Ahmad esa “CNN O‘zbekistonni kashf etmoqda: islom sivilizatsiyasi merosi asosiy yo‘nalishga aylanganida” mavzusida ma’ruza qildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori o‘rinbosari Jahongir Abdurahmonov «Madaniy merosning yangi tili: tarix, ilm-fan va turizmning mulьtimedia formatlari» mavzusida chiqish qildi.

 

Shuningdek, 1001 Inventions loyihasi asoschisi Ahmad Salim va rejissyor Shohrux Rasulov “Dunyoni o‘zgartirganlar: islom sivilizatsiyasining buyuk shaxslari katta ekranda” loyihasini taqdim etdi. Tadbir davomida “Ma’rifat aks-sadosi” loyihasi ham namoyish qilinib, “Oskar” mukofoti sovrindori Ben Kingsli ishtirokidagi filmdan maxsus parcha ko‘rsatildi.

 

BBC Studiosning Yevroosiyodagi tijoriy vakolatxonasi rahbari Sergey Stanovkin esa islom sivilizatsiyasi merosini global media makonida targ‘ib qilish masalasida ma’ruza qildi.

 

Sessiya yakunida “Meros sadolari: islom sivilizatsiyasi jahon media makonida qanday yangramoqda?” mavzusida ochiq xalqaro munozara o‘tkazildi. Unda Mali, Ozarbayjon, Misr, Niger, Turkiya, Yaman, Tunis va O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari hamda professional uyushmalari vakillari qatnashdi.

 

Forumda AMAP, Saba, TAP, Anadolu Ajansı, Yeni Müsavat/Musavat media guruhi hamda Afro-Osiyo media ittifoqi vakillari ham ishtirok etdi.

 

Xalqaro media-forumning asosiy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘lib, tadbirda qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar hamjamiyati vakillari — media kompaniyalari, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, produserlar, olimlar hamda kreativ industriyalar mutaxassislari jam bo‘lgan.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"