O'zbekiston

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

 

O‘zbekistonda yangi tayinlanayotgan pensiyalar tarkibida to‘liq ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar ulushi sezilarli darajada oshgan. Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib 61 foizga yetgan.

 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, to‘liq pensiya tayinlanishi uchun erkaklarga 25 yil, ayollarga esa 20 yil ish staji talab etiladi. Belgilangan minimal stajga ega bo‘lmagan fuqarolarga esa mavjud ish stajiga mutanosib ravishda to‘liq bo‘lmagan ish staji asosida pensiya tayinlanadi.

 

Bugungi kunda har uch nafar yangi pensionerning ikki nafari to‘liq ish stajisiz pensiyaga chiqmoqda.

 

Umumiy pensionerlar tarkibida ham to‘liq ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar ulushi oshgan. Xususan, 2010-yilda bu ko‘rsatkich 3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda 39 foizga yetgan.

 

Pensiya jamg‘armasi mazkur holatning asosiy sabablaridan biri sifatida norasmiy mehnat, ish haqini “konvert”da olish, ijtimoiy soliq to‘lamaslik, mehnat faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlarning arxivga topshirilmasligi hamda ayrim davrlarda rasmiy ish bilan qamrab olinmaslikni ko‘rsatgan.

 

Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, pensionerlarning 47 foizi 820 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha miqdorda pensiya olmoqda.

 

Pensiya miqdori fuqaroning rasmiy ish staji, ish haqi va to‘langan ijtimoiy soliq miqdoriga bog‘liq. Shu sababli rasmiy bandlik va ijtimoiy soliq to‘lovlari kelgusidagi pensiya miqdorini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

custom img

Surxondaryoda ayollar yer sabab janjallashdi

Yuzaga kelgan mojaro yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"