O'zbekiston

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

 

2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bir yil avvalgiga nisbatan 4,8 mlrd dollarga oshgan. Davlat qarzining mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbati esa 27 foizni tashkil etgan.

 

Jami davlat qarzining 40,7 mlrd dollari yoki 84 foizi tashqi qarz, 7,6 mlrd dollari yoki 16 foizi esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi. Tashqi qarz bir yil ichida 4,2 mlrd dollarga, ichki qarz esa 642 mln dollarga oshgan.

 

Tashqi qarz tarkibida 21,7 mlrd dollar qat’iy foiz stavkasida, 18,7 mlrd dollar o‘zgaruvchan foiz stavkasida jalb qilingan. Shuningdek, 266 mln dollar miqdorida foizsiz qarzlar mavjud.

 

O‘zbekiston tashqi qarzining 22,5 mlrd dollari xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan. Ularning orasida eng yirik kreditorlar:

  • Jahon banki — 9,1 mlrd dollar;

  • Osiyo taraqqiyot banki — 8,2 mlrd dollar;

  • Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki — 2,3 mlrd dollar;

  • Islom taraqqiyot banki — 1,2 mlrd dollar.

 

Xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlaridan jalb qilingan qarzlar hajmi 11,45 mlrd dollarni tashkil etadi. Shundan 3,9 mlrd dollari Xitoy banklari, 3,1 mlrd dollari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va boshqa tashkilotlar, 1,3 mlrd dollari esa Fransiya taraqqiyot agentligi va boshqa kreditorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Xalqaro investorlardan jalb qilingan qarzlar qoldig‘i 6,8 mlrd dollar bo‘lib, bu bir yil avvalgidan 1 mlrd dollarga ko‘p.

 

Tashqi qarzning qariyb yarmi — 20,5 mlrd dollar davlat budjeti taqchilligini qoplashga yo‘naltirilgan.

 

Shuningdek:

  • yonilg‘i-energetika sohasiga — 5,5 mlrd dollar;

  • uy-joy va kommunal xo‘jaligiga — 3,4 mlrd dollar;

  • qishloq va suv xo‘jaligiga — 3,3 mlrd dollar;

  • transport sohasiga — 3 mlrd dollar;

  • sog‘liqni saqlash, ta’lim, AKT va boshqa sohalarga — 3,7 mlrd dollar;

  • biznesni qo‘llab-quvvatlashga — 624 mln dollar;

  • kimyo sanoatiga — 605 mln dollar yo‘naltirilgan.

 

O‘zbekistonning davlat qarzi 2019-yilda 17,8 mlrd dollar bo‘lgan. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich izchil oshib, 2020-yilda 23,36 mlrd, 2021-yilda 26,3 mlrd, 2022-yilda 29,2 mlrd, 2023-yilda 34,9 mlrd va 2024-yilda 40,2 mlrd dollarga yetgan.

 

2025-yil yakunida davlat qarzi 46,85 mlrd dollarni tashkil etgan. 2026-yil 1-iyul holatiga esa bu ko‘rsatkich 48,3 mlrd dollarga yetgan.

 

Shu bilan birga, davlat qarzining YAIMga nisbati 27 foizni tashkil etmoqda. Amaldagi fiskal strategiyada davlat qarzining YAIMga nisbatini 50 foizdan oshirmaslik maqsadi belgilangan.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"