Jahon

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

 

Qozog‘istonda 25-avgustdan boshlab elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklari va yo‘lakchalarida boshqarish taqiqlandi. Tegishli o‘zgarishlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma'lum qildi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, velosiped yo‘li yoki yo‘lagi mavjud bo‘lsa, elektr skuterlar faqat shu hududlarda boshqarilishi mumkin. Bunday yo‘laklar bo‘lmagan taqdirda esa harakat yo‘lning o‘ng cheti yoki yo‘l yoqasidan, yo‘l harakati qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

 

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon moped haydovchilari ishtirokida 390 ta YTH sodir bo‘lgan. Ularda 33 kishi halok bo‘lib, 461 kishi jarohatlangan.

 

Shuningdek, velosipedchilar ishtirokida 169 ta, kichik elektr transport vositalari bilan bog‘liq 97 ta va elektr skuter haydovchilari ishtirokida 47 ta YTH qayd etilgan. Mazkur hodisalarda jami 10 nafar bola halok bo‘lgan, 329 nafar voyaga yetmagan jarohatlangan.

 

Nazorat organlari elektr skuter, moped va boshqa kichik elektr transport vositalari foydalanuvchilarining o‘zlari ham ko‘pincha YTH qurboniga aylanayotganini qayd etgan. Xususan, elektr skuterlar bilan bog‘liq 145 ta, mopedlar bilan 82 ta va kichik elektr transport vositalari bilan 52 ta to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Ularda to‘rt kishi halok bo‘lib, qariyb 300 kishi jarohatlangan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"