Jahon

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Qozog‘istonning Atrau neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Korxona mamlakatdagi uchta yirik neftni qayta ishlash zavodidan biri bo‘lib, yiliga 5,5 million tonnagacha neftni qayta ishlash quvvatiga ega.

 

Korxona matbuot xizmatiga ko‘ra, 25 avgust kuni mexanik tozalash inshootlarining yopiq turdagi tindirgichida neft shlami yonib ketgan. Hodisa vaqtida ushbu obyektida ish olib borilmagan. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan, zavod esa odatdagi rejimda faoliyatini davom ettirgan.

 

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar 12:55 da kelib tushgan. 13:42 da yong‘in lokalizatsiya qilingan va uning tarqalishi to‘xtatilgan. Keyinchalik yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Uni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

 

Atrau neftni qayta ishlash zavodi Atyrau viloyatida joylashgan bo‘lib, 1945-yilda foydalanishga topshirilgan. Korxonaning asosiy egasi Qozog‘istonning “KazMunayGaz” milliy neft-gaz kompaniyasi hisoblanadi.

 

Qayd etilishicha, Qozog‘istondagi mazkur hodisa Rossiyada yoqilg‘i taqchilligi kuchayib borayotgan va Qozog‘iston Rossiya neftini qayta ishlash bo‘yicha kelishuvlarga kirishayotgan bir paytda yuz berdi.

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar, fohishalar, ularning mijozlari va oila a’zolarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritib, doimiy monitoring qilishni boshladi.

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Kreml muzokaralar 10-noyabr yoki undan keyin Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

AQSh esa saylovlargacha keskin choralar ko'rishni istamayapti.

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

AQSHning davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yetdi.

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh Davlat kotibi Vashington yordamisiz Ukraina suveren davlat sifatida mavjud bo‘lmasligi mumkinligini aytdi.