O'zbekiston

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

 

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yer masalasi sabab fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, holat Mehnatobod mahallasida yashovchi fuqarolar M. N. va S. N. o‘rtasida 2026-yil 13-mart kuni yer masalasi yuzasidan kelib chiqqan nizoga borib taqaladi.

 

Nizo davomida tomonlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Unda S. N. ning qarindoshlari Z. T., K. N. va E. N. ham ishtirok etgan. Holat yuzasidan o‘zaro haqorat va tan jarohati yetkazilgani bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan.

 

Mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda sudga yuborilgan.

 

Shuningdek, M. N. ning yashash xonadoni qurilishi bilan bog‘liq holat yuzasidan 2025-yil 27-oktabr kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 3-qismi asosida bayonnoma rasmiylashtirilgan. 31-oktabr kuni esa BHMning 200 baravari miqdorida jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Qaror ijrosi bo‘yicha hujjatlar Majburiy ijro byurosiga yuborilgan.

 

Ayni paytda nizoga oid sud jarayoni davom etmoqda. Shu bois sudning yakuniy qarori qabul qilinmaguncha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va boshqa materiallar asosida bir tomonlama xulosa chiqarish maqsadga muvofiq emasligi ta’kidlangan.

 

Sud qarori qonuniy kuchga kirgach, zaruratga ko‘ra holat yuzasidan qo‘shimcha rasmiy ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"