O'zbekiston

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

 

O‘zbekistonda talabalar kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun ta’lim kreditidan foydalanishi mumkin. Kredit davlat dasturi doirasida yoki banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

 

Ta’lim krediti O‘zbekistondagi litsenziyaga ega davlat, xususiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallarida tahsil olayotgan talabalar uchun ajratiladi.

 

Davlat dasturi doirasidagi imtiyozli ta’lim krediti kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan O‘zbekiston fuqarolariga beriladi. Kreditni talabaning o‘zi, ota-onasi yoki vasiysi rasmiylashtirishi mumkin.

 

Bakalavriat uchun kredit 10 yilgacha, magistratura uchun esa 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin.

 

Ayrim banklar o‘z mablag‘lari hisobidan kechki va masofaviy ta’lim uchun ham ta’lim kreditlarini taklif qilmoqda.

 

Kredit qancha miqdorda beriladi?

Kredit miqdori talabaning kursi va o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga bog‘liq.

 

  • 1-kurs talabalari uchun — kontrakt qiymatining 100 foizigacha;

  • 2-kurs va undan yuqori bosqichlarda GPA 3,0 dan past bo‘lsa — kontraktning 80 foizigacha;

  • GPA 3,0 va undan yuqori bo‘lsa — kontrakt qiymatining 100 foizigacha;

  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar a’zolari uchun — kontrakt qiymatining 100 foizigacha.

GPA ko‘rsatkichi avvalgi o‘quv yili yakuni bo‘yicha HEMIS tizimidan olinadi.

 

Kredit qanday rasmiylashtiriladi?

Ta’lim kreditini olish uchun arizani bankka bevosita murojaat qilib yoki Ta’lim krediti tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn topshirish mumkin.

 

Odatda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • ta’lim krediti olish uchun ariza;

  • oliy ta’lim muassasasi bilan tuzilgan to‘lov-kontrakt;

  • kreditni qaytarish ta’minoti to‘g‘risidagi hujjat — kafillik, garov yoki sug‘urta polisi;

  • zarur hollarda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma;

  • bank talab qiladigan boshqa hujjatlar.

 

Ayrim toifadagi qarz oluvchilar uchun kafillik yoki garov talab qilinmasligi mumkin.

 

Pul talabaning qo‘liga beriladimi?

Yo‘q. Ta’lim krediti naqd pul yoki talabaning shaxsiy bank kartasiga o‘tkazilmaydi. Kredit mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy ta’lim muassasasining hisob raqamiga o‘tkaziladi.

 

Foiz stavkasi va to‘lov tartibi

Davlat dasturi doirasidagi ta’lim kreditlari odatda yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.

 

Talaba o‘qish davrida asosiy qarzni to‘lamaydi. Asosiy qarzni qaytarish o‘qish tugaganidan olti oy o‘tib boshlanadi.

 

Ayollar uchun qo‘shimcha imtiyoz mavjud: dastur shartlariga mos keladigan hollarda kredit foizlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

 

Qaysi banklar beradi?

Hozir O‘zbekistonda 14 ta bank ta’lim kreditlari ajratmoqda. Ularning bir qismi davlat dasturi doirasida, ayrimlari esa o‘z mablag‘lari hisobidan kredit beradi.

 

Banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan beriladigan kreditlarda shartlar, foiz stavkasi, muddat va ta’lim shakliga qo‘yiladigan talablar farq qilishi mumkin.

 

Ta’lim krediti faqat o‘qish uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirishga mo‘ljallangan. Shuning uchun kredit mablag‘larini boshqa maqsadlarda ishlatish yoki naqdlashtirish mumkin emas.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"