O'zbekiston

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifiga munosabat bildirdi.

 

 

Saida Mirziyoyeva Telegram’dagi sahifasida Ozarbayjon Prezidenti va uning oila a’zolarini O‘zbekistonda katta ehtirom bilan kutib olinganini ta’kidladi.

 

 

U O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni birodarlik rishtalari bog‘lab turishini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki xalq o‘rtasidagi yaqinlik nafaqat rasmiy aloqalarda, balki xalqlarning bir-biriga bo‘lgan mehr-oqibatida ham namoyon bo‘ladi.

 

“Tariximiz, madaniyatimiz va an’analarimizdagi mushtaraklik bugun infratuzilmadan to investitsiyalargacha — ko‘plab sohalardagi yangi qo‘shma loyihalar ko‘rinishida yanada boyimoqda. Ushbu tashrif ko‘p qirrali aloqalarimiz tarixida yana bir muhim sahifani ochdi”, — deya yozdi Saida Mirziyoyeva.

 

 

Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan.

 

 

Saida Mirziyoyeva ushbu hujjat nomi O‘zbekiston va Ozarbayjonni bog‘lab turgan munosabatlarning mohiyatini ifodalashini ta’kidladi.

 

“Ozarbayjonlik do‘stlarimizni O‘zbekistonda ko‘rishdan har doim xursandmiz. Hamisha bag‘rini ochib sizni qarshi oladigan diyorimizga xush kelibsiz, aziz qardoshlar!”, — deya yozdi u.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.