O'zbekiston

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimida bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda baland yangrayotgani, mamlakatning xalqchil va tinchlikparvar siyosati xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini qayd etdi.

 

“Yuqoridagi barcha o‘zgarishlar ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda”, — dedi Prezident.

 

Ta’kidlanganidek, qaysi soha yoki vazifada faoliyat yuritishidan qat’i nazar, har bir inson uchun o‘z mehnatining munosib e’tirof etilishini ko‘rish katta baxtdir.

 

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

Prezident mukofotlangan yurtdoshlarning har biri mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotganini qayd etib, ularning mashaqqatli mehnat yo‘li va erishgan yutuqlarini yaxshi bilishini ta’kidladi.

 

Mukofotlanganlar orasida butun umrini bunyodkorlikka bag‘ishlagan xorazmlik nuroniy Rustam Sultonov ham bor. Tabarruk yoshda bo‘lishiga qaramay, u viloyat nuroniylariga boshchilik qilib, mahalla va qishloqlarni obod etish, yoshlarni ezgu maqsadlar sari ruhlantirish borasida ibratli faoliyat olib bormoqda.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"