O'zbekiston

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha qariyb 250 ming nafar oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisining mehnat bozoridagi natijalari tahlil qilindi.

 

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan o‘tkazilgan tahlil 249 432 nafar bitiruvchi va respublikadagi 170 ta oliy taʼlim tashkiloti maʼlumotlarini qamrab oldi.

 

Natijalarga ko‘ra, bitiruvchining ishga joylashishi uchun o‘rtacha 3 oy 5 kun vaqt ketadi. Nodavlat OTM bitiruvchilari o‘rtacha 2 oy 10 kunda, davlat OTMlari bitiruvchilari 2 oy 29 kunda, xorijiy universitetlar filiallari bitiruvchilari esa 3 oy 20 kunda ish topgan.

 

Shu bilan birga, so‘nggi olti oy davomida barqaror band bo‘lgan bitiruvchilarning respublika bo‘yicha o‘rtacha ulushi 42,9 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich xorijiy universitetlar filiallari bitiruvchilarida 49,8 foiz, nodavlat OTMlarda 46,7 foiz, davlat OTMlarida esa 42,1 foiz bo‘lgan.

 

Bitiruvchilarning respublika bo‘yicha o‘rtacha rasmiy oylik daromadi 4,9 mln so‘m etib qayd qilindi. Hududlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida — 6,6 mln so‘m. Navoiy va Toshkent viloyatlarida esa bu ko‘rsatkich 5 mln so‘mni tashkil etgan.

 

Ayrim OTM bitiruvchilarining o‘rtacha rasmiy daromadi respublika ko‘rsatkichidan ancha yuqori bo‘lgan. Jumladan, Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchilari o‘rtacha 12,6 mln so‘m, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchilari 9,4 mln so‘m, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti bitiruvchilari esa 8,1 mln so‘m daromad olgani qayd etildi.

 

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishda Toshkent xalqaro Vestminster universiteti bitiruvchilarining o‘rtacha daromadi 12,5 mln so‘m, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 10,6 mln so‘m, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida esa 10,3 mln so‘mni tashkil qilgan.

 

“Bitiruvchilar sifati indeksi”da eng yuqori natijani O‘zbekiston davlat konservatoriyasi — 81,5 ball bilan qayd etdi. Ikkinchi o‘rinni konservatoriyaning Nukus filiali 79,6 ball bilan, uchinchi o‘rinni esa Toshkentdagi Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi 76,3 ball bilan egalladi.

 

Keyingi o‘rinlarda Toshkent shahridagi Inha universiteti (74,2 ball), Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filiali (74 ball) va Osiyo xalqaro universiteti (73,4 ball) joy oldi.

 

Maʼlum qilinishicha, indeks bitiruvchilarning ishga joylashish tezligi, bandlik barqarorligi, daromad darajasi va bandlik shakli kabi ko‘rsatkichlar asosida shakllantirilgan. Bunda maʼlumotlar HEMIS, soliq, mehnat va boshqa davlat axborot tizimlari bilan integratsiya orqali avtomatik yig‘ilgan.

 

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: ayrim hududlarda ifloslanish darajasi oshdi

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: ayrim hududlarda ifloslanish darajasi oshdi

Ayrim hududlarda qisqa muddatli nosog‘lom daraja qayd etilgan.

Ikki yillik dastur: Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar yuboriladi

Ikki yillik dastur: Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar yuboriladi

Mutaxassislar maktablarda ishlash bilan birga pedagogik va liderlik bo‘yicha treninglardan o‘tadi.

Kontraktning 25 yoki 50 foizi: talabalar qachongacha to‘lashi kerak?

Kontraktning 25 yoki 50 foizi: talabalar qachongacha to‘lashi kerak?

Shuningdek, kunduzgi bakalavriatda o‘qiyotgan pedagoglar farzandlari kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish uchun ariza topshirishi mumkin.

25 ming dollarlik kelishuv: Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari ushlandi

25 ming dollarlik kelishuv: Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari ushlandi

U tadbirkorga 1 gektar yer maydonini auksion orqali olib berish evaziga pul talab qilgan.

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidentining ikki rasmiysi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidentining ikki rasmiysi bilan uchrashdi

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va yangi tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi

O‘zbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi

Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Dekabrga qadar ish joyidagi tazyiq va kamsitishlar haqida anonim xabar berish imkonini beruvchi portal ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Maʼlum bo‘lishicha, haydovchi boshqa avtomashinaga yo‘l bermaganligi oqibatida to‘qnashib, unga 54 mln so‘m moddiy zarar yetkazgan.