O'zbekiston

Jizzaxda qariyb 14 kg “opiy”ni sotish va tarqatishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Uch nafar shaxs Tojikistondagi narkokuryerlar qoldirgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish orqali daromad orttirishni rejalashtirgan.

Jizzaxda qariyb 14 kg “opiy”ni sotish va tarqatishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

 

Tadbirlar davomida Toshkent shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsning Sirdaryo tumanidagi vaqtinchalik yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Unda 1983-yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi hamda Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan, ilgari giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan fuqaro ham borligi aniqlangan.

 

Surishtiruvlar natijasida mazkur uch nafar shaxs qo‘shni Tojikistondagi narkokuryerlar tomonidan Jizzax viloyatining Yangiobod tumani hududidagi yashirin joyga qoldirilgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish va tarqatish orqali daromad orttirishni rejalashtirgani ma’lum bo‘lgan.

 

Tezkor tadbirning davomi sifatida yashirin joy ko‘zdan kechirilib, u yerdan umumiy og‘irligi 13 kilogramm 653 gramm bo‘lgan “opiy” moddasi protsessual tartibda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

custom img

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

custom img

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun 5 500 dollargacha maoshli ish o‘rinlari taklif etildi

Ish beruvchi aviachipta, ishchi vizasi, aeroport transferi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

custom img

Toshkent viloyatida hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U imtiyozli kredit ajratib, o'z ehtiyohlari uchun sarflab yuborgan.

custom img

O‘zbekistonda ortib qolgan 1-sinf o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Yaroqlilik muddati tugaydigan ortiqcha o‘quv qurollari davlat bog‘chalarining maktabga tayyorlov guruhlariga ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"