Jahon

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

 

Pokiston poytaxti Islomoboddagi Pokiston Tibbiyot fanlari instituti (PIMS) tug‘ruqxonasining yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 14 chaqaloq halok bo‘lgan. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.

 

Yong‘in 26-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:40–6:45 atrofida shifoxonaning uchinchi qavatidagi yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limida yuz bergan. Hodisa joyiga o‘t o‘chirish xizmatlari, tez tibbiy yordam brigadalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar yetib kelgan.

 

Qutqaruv ishlari davomida palatadagi bir nechta chaqaloqlar boshqa bo‘limlarga olib chiqilgan. Politsiya manbalariga ko‘ra, to‘qqiz chaqaloq voqea joyida, qolganlari esa shifoxonaning bolalar bo‘limiga ko‘chirilganidan keyin olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

 

Ayrim mahalliy OAVlar yong‘inga konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lganini bildirgan. Biroq hodisaning aniq sababi hozircha rasman tasdiqlanmagan.

 

Yong‘in o‘chirilgan, ayni paytda voqea joyidagi inshootlarni demontaj qilish va xavfsizlik choralarini ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Yong‘in sabablarini aniqlash uchun tergov komissiyasi tuzilgan.

 

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni bo‘yicha turli ma’lumotlar tarqalmoqda. Rasmiy tekshiruv yakunlari va yakuniy ma’lumotlar kutilmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"