O'zbekiston

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun 5 500 dollargacha maoshli ish o‘rinlari taklif etildi

Ish beruvchi aviachipta, ishchi vizasi, aeroport transferi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun 5 500 dollargacha maoshli ish o‘rinlari taklif etildi

 

O‘zbekiston Migratsiya agentligi Qatarda faoliyat yurituvchi Ulta Beauty do‘konlaridagi turli lavozimlar uchun o‘zbekistonlik nomzodlarni ishga taklif qilmoqda.

 

Bo‘sh ish o‘rinlari orasida kosmetika bo‘yicha maslahatchi, vizajist, mijozlarga xizmat ko‘rsatish menejeri, bo‘lim menejeri, do‘kon menejeri o‘rinbosari, teri parvarishi va manikyur-pedikyur mutaxassislari, shuningdek, do‘kon bosh menejeri kabi lavozimlar mavjud.

 

Lavozimlarga qarab oylik maosh 1 450 dollardan 5 500 dollargacha etib belgilangan. Eng yuqori maosh — do‘kon bosh menejeri lavozimi uchun 5 500 dollar.

 

Nomzodlardan kamida o‘rta ma’lumot, ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmasi, 20 yoshdan katta bo‘lish hamda tegishli sohada kamida 2 yillik ish tajribasi talab etiladi. Vakansiyalarda erkaklar va ayollar ishtirok etishi mumkin.

 

Ish beruvchi O‘zbekiston–Qatar aviachiptasi, ishchi vizasi, aeroport transferi, vatanga borib-kelish aviachiptasi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplab beradi. Turar joy, oziq-ovqat hamda ishga borib-kelish xarajatlari esa xodim zimmasida.

 

Vakansiyalarga arizalar 29-avgustgacha qabul qilinadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

custom img

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

custom img

Jizzaxda qariyb 14 kg “opiy”ni sotish va tarqatishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Uch nafar shaxs Tojikistondagi narkokuryerlar qoldirgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish orqali daromad orttirishni rejalashtirgan.

custom img

Toshkent viloyatida hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U imtiyozli kredit ajratib, o'z ehtiyohlari uchun sarflab yuborgan.

custom img

O‘zbekistonda ortib qolgan 1-sinf o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Yaroqlilik muddati tugaydigan ortiqcha o‘quv qurollari davlat bog‘chalarining maktabga tayyorlov guruhlariga ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"