O'zbekiston

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

 

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Bitiruvchilar sifati indeksi (BSI) natijalari asosida bitiruvchilari eng yuqori daromad olayotgan oliy ta’lim tashkilotlari reytingini e’lon qildi. Bu haqda agentlik tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan Zamon.uz muxbiri xabar berdi.

 

Tadqiqot doirasida 170 ta oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan 249 ming 432 nafar bitiruvchining mehnat bozoridagi natijalari o‘rganilgan.

 

2025-yil iyulidan 2026-yil iyunigacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda OTM bitiruvchilarining o‘rtacha rasmiy oylik daromadi 4,9 mln so‘mni tashkil etgan.

 

Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha daromad ijodiy va sport yo‘nalishlari bitiruvchilarida — 6,33 mln so‘m qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda amaliy fanlar — 5,5 mln so‘m, ijtimoiy-gumanitar fanlar — 4,61 mln so‘m hamda tibbiyot fanlari — 4,43 mln so‘mni tashkil qilgan.

 

Bitiruvchilari eng yuqori o‘rtacha daromadga ega bo‘lgan OTMlar orasida Toshkentdagi S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) filiali yetakchi bo‘lgan. Ushbu OTM bitiruvchilarining o‘rtacha daromadi 23,4 mln so‘mni tashkil etgan.

 

Keyingi o‘rinlarni Toshkentdagi Inha universiteti — 12,6 mln so‘m, Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti — 12,5 mln so‘m, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 10,6 mln so‘m hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 10,3 mln so‘m bilan egallagan.

 

Shuningdek, reytingda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 9,4 mln so‘m, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti — 9,3 mln so‘m, Plekhanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali — 9 mln so‘m, Toshkent davlat yuridik universiteti — 8,4 mln so‘m va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti — 8,1 mln so‘m o‘rtacha daromad ko‘rsatkichi bilan qayd etilgan.

 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, reytingni shakllantirishda faqat rasmiy qayd etilgan daromadlar hisobga olingan. Bitiruvchilarning daromadi ular yashaydigan hududdagi o‘rtacha ish haqi bilan taqqoslangan.

 

Agentlik direktori Baxtiyor Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, Bitiruvchilar sifati indeksini joriy etishdan asosiy maqsad abituriyentlarga OTM tanlashda ishonchli va xolis mezon taqdim etishdir.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"