O'zbekiston

11-sentabr teraktlari: Xalid Shayx Muhammad va uch sherigi ustidan sud qachon bo‘lishi belgilandi

Gvantanamoda 20 yildan ortiq vaqt davomida saqlanayotgan Xolid Shayx Muhammad va yana uch nafar ayblanuvchi harbiy tribunal oldida sud qilinadi.

11-sentabr teraktlari: Xalid Shayx Muhammad va uch sherigi ustidan sud qachon bo‘lishi belgilandi


 
AQSH harbiy sudyasi podpolkovnik Maykl Shrama 2001-yil 11-sentyabr kuni AQSHda sodir etilgan teraktlarining bosh tashkilotchisi deb ayblanayotgan Xolid Shayx Muhammad va yana uch nafar sudlanuvchi ustidan sud jarayonini 2028-yil 5-iyundan boshlash haqida qaror chiqargan. Ish AQSHning Kubadagi Gvantanamo harbiy bazasidagi tribunalda ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.


 
Sudlanuvchilar qatoriga Valid Muhammad Solih Muborak bin Atash, Mustafo Ahmad Adam al-Havsaviy va Ali Abdul Aziz Ali ham kirgan. Hujumlar oqibatida qariyb 3 ming kishi halok bo‘lgan.


 
Sud jarayoni dastlab 2027-yil yanvarida boshlanishi taklif qilingan. Biroq sudya Shrama bu muddat sudgacha bo‘lgan dalillar va boshqa protsessual masalalarni hal qilish uchun yetarli emasligini bildirgan. Shu sababli sud boshlanishi 2028-yil iyuniga ko‘chirilgan.


 
Sud jarayonining dastlabki bosqichida harbiy xizmatchilardan iborat hay’at tanlanadi. Hay’at shakllantirilganidan 30 kun o‘tib tomonlarning kirish bayonotlari tinglanishi rejalashtirilgan. Shundan keyin prokuratura o‘z dalillarini taqdim etadi, mudofaa tomoni esa tegishli protsessual arizalar bilan chiqishi mumkin. Himoya tomonining asosiy dalillarni taqdim etishi prokuratura ishini yakunlaganidan 60 kun o‘tib boshlanishi belgilangan.


 
Xolid Shayx Muhammad 2003-yilda qo‘lga olingan va keyinchalik Gvantanamoga olib kelingan. U 11-sentabr hujumlarini rejalashtirishda bosh rolni o‘ynaganlikda ayblangan. Uzoq davom etgan sudgacha bo‘lgan jarayonlar sabab ish bo‘yicha sud boshlanishi bir necha bor ortga surilgan.


 
Ish bo‘yicha sudlanuvchilardan ayrimlari o‘lim jazosidan qutulish imkonini beradigan aybni tan olish kelishuviga rozi bo‘lgan edi. Biroq AQSHning sobiq mudofaa vaziri Lloyd Ostin kelishuvni bekor qilgan. 2026-yil iyulida apellyatsiya sudi ham Muhammad va yana ikki sudlanuvchiga mazkur kelishuvlar doirasida aybini tan olishga ruxsat bermagan.

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

2026-yilning sakkiz oyida 60 turdagi 558 nomdagi mahsulot laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazildi.

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizamiqqa gumon qilingan 290 ta holat va bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 10 mingdan ortiq shaxs ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Soat 09:00 dan 18:00 gacha yirik gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.