O'zbekiston

AQSH va Kanadadagi 500 nafar o'zbekistonlik Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi

“Vatan Global Alliance” jamoat tashkiloti vakillari O‘zbekiston bilan xorijda yashayotgan vatandoshlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirgan.

AQSH va Kanadadagi 500 nafar o'zbekistonlik Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi


AQSH va Kanadada yashayotgan o‘zbekistonlik 500 nafar vatandoshlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi. Murojaatda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi oshib borayotgani va xorijdagi vatandoshlarning bu jarayonlarga qiziqishi ortgani qayd etilgan.


 
Murojaat mualliflari yaqinda Filadelfiya va Nyu-York shaharlarida “Millat shavqati” kitobining taqdimot marosimlari o‘tkazilganini tilga olgan. Ularning qayd etishicha, mazkur tadbirlar AQSHda yashayotgan o‘zbekistonliklarni mamlakatdagi o‘zgarishlar va islohotlar atrofida birlashtirgan. Taqdimotlarda O‘zbekistonning iqtisodiyot, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy himoya va davlat boshqaruvi sohalaridagi o‘zgarishlariga alohida e’tibor qaratilgan.


 
Murojaatda O‘zbekistonning xorijda yashayotgan fuqarolari mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan muhim salohiyat sifatida qayd etilgan. Xususan, vatandoshlar bilan muntazam muloqot qilish, ularni eshitish, Vatan bilan aloqalarini mustahkamlash hamda bilim va tajribasini O‘zbekiston rivojiga jalb etish zarurligi bildirilgan.


 
“Vatan Global Alliance” vakillari O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarda so‘nggi yillarda yangi bosqich boshlanganini qayd etgan. Ular AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan olib borilayotgan muloqot, oliy darajadagi uchrashuvlar va telefon suhbatlari, shuningdek, AQSH hukumati, Kongressi va ishbilarmon doiralari bilan hamkorlikning kengayishini ijobiy baholagan.


 
Murojaatda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqot bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, ta’lim, madaniyat hamda boshqa yo‘nalishlarda yangi imkoniyatlar paydo bo‘layotgani ta’kidlangan.


 
Tashkilot O‘zbekiston haqidagi xolis va keng qamrovli ma’lumotlarni xorijda targ‘ib qilish, mamlakatning tarixi, madaniyati va bugungi taraqqiyotini xalqaro jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, xorijdagi o‘zbekistonliklarni birlashtirishni o‘z faoliyatining muhim yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatgan.


 
Murojaatda AQSH Kongressi a’zolari, shtat va shahar darajasidagi davlat hamda jamoat arboblari, gubernatorlar, merlar, ishbilarmon doiralar va turli millat vakillari bilan aloqalarni kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ham qayd etilgan.


 
Shuningdek, amerikalik tadbirkor va investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, yangi texnologiyalar va bilimlarni mamlakatga olib kirish, ta’lim hamda madaniy aloqalarni rivojlantirish, xorijda ulg‘ayayotgan yosh avlodning Vatan bilan bog‘liqligini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsad qilingan.


 
Murojaat “Vatan Global Alliance” raisi Ozod Soliyev, O‘zbekiston xalq artistlari Ezro Malakov va Muhabbat Shamaeva, Filadelfiya hamda Nyu-Yorkdagi vatandoshlar tashkilotlari vakillari, shuningdek, AQSHda yashayotgan 500 nafar o‘zbekistonlik vatandosh tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Tashkilot rahbari Ozod Soliyev 17-avgust kuni Filadelfiyada o‘tkazilgan “Millat shavqati” kitobi taqdimotida ham so‘zga chiqqan.


 
Murojaat yakunida vatandoshlar O‘zbekistonning rivojlanish yo‘lini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va mamlakat bilan AQSH o‘rtasidagi do‘stlik hamda hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidlagan.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"