Farg‘onada xodim MIB orqali ishiga tiklandi
Shu tariqa o‘quv markaz uslubchisining mehnat huquqi tiklandi.

Bag‘dod tumanida bir o‘qituvchining mehnat huquqi buzildi. Ishdan bo‘shatishdi — go‘yoki masala shu bilan yopilgandek.
Ammo bir narsa hisobga olinmabdi: qonun bor, sud bor, Majburiy ijro byurosi bor.
Sud qarori bilan fuqaroning ishga tiklanishi belgilandi. Ijro hujjati esa Majburiy ijro byurosi Bag‘dod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.
Shundan keyin «buyruq chiqdi — tamom» degan qarash ish bermadi. MIB davlat ijrochilari sud hujjati ijrosini taʼminlab, fuqaroni o‘z ishiga tikladi.







