Jahon

Nepalda suv toshqinlari qurbonlari soni 157 kishiga yetdi

41 kishi jarohatlangan, 3,3 mingdan ortiq qutqaruvchi hududda ish olib bormoqda.

Nepalda suv toshqinlari qurbonlari soni 157 kishiga yetdi

 

Nepal shimolida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 157 nafarga yetdi. Bu haqda Ratopati nashri mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Eng ko‘p qurbon Chitvan tumanida qayd etilgan bo‘lib, u yerda 64 kishining jasadi topilgan. Shuningdek, Dhadingda 27, Sharqiy Navalparasi hududida 22, Gorkxada 19, Nuvakotda 13, Tanaxunda 9 va Rasuva tumanida 3 kishi halok bo‘lgan.

 

Hozirda 41 nafar jarohatlangan kishi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda.

 

Qidiruv-qutqaruv ishlariga 3,3 mingdan ortiq xodim, jumladan, Nepal armiyasi va boshqa tegishli idoralar vakillari jalb etilgan. Operatsiyada 15 ta vertolyot ham ishtirok etmoqda.

 

Qutqaruv ishlari noqulay ob-havo sharoiti sabab qiyinlashmoqda. Rasmiylar tabiiy ofat hududida qolib ketgan fuqarolarga qutqaruvchilar ularni havodan aniqlashi uchun olov yoqishni tavsiya qilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqinlari qor va tosh ko‘chkilari ortidan yuzaga kelgan. Shuningdek, Nepal tashqi ishlar vaziri Shishir Xanal tabiiy ofatga zilzila sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Taxminlarga ko‘ra, zilzila oqibatida yuzaga kelgan yirik ko‘chki Bhote Koshi daryosini to‘sib, suv sathining keskin ko‘tarilishiga olib kelgan.

 

Suv toshqinlari oqibatida mingga yaqin odam, jumladan, qariyb 400 nafar xorijiy sayyoh bedarak yo‘qolgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar bor.

 

Shuningdek, Rossiyaning Katmandudagi elchixonasi suv toshqini hududida bo‘lgan rossiyalik fuqarolar haqida ham ma’lumot bergan. Bir guruh fuqarolar bilan aloqa uzilgan bo‘lsa, Rasuva tumanida bo‘lgan yana sakkiz nafar rossiyalik xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"