O'zbekiston

O‘zbekiston limon eksportini 2,2 barobarga oshirdi

6 oyda eng ko‘p mahsulot Qozog‘iston va Rossiyaga yetkazib berilgan.

O‘zbekiston limon eksportini 2,2 barobarga oshirdi

 

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 4,1 ming tonna limon eksport qildi. Eksport qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 4,2 million AQSH dollarini tashkil etdi.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, limon eksporti hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.

 

Hisobot davrida O‘zbekiston limonlarini eng ko‘p quyidagi davlatlarga eksport qilgan:

  • Qozog‘iston — 2,3 ming tonna;
  • Rossiya — 1,7 ming tonna;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 163,7 tonna;
  • Afg‘oniston — 18 tonna;
  • Birlashgan Arab Amirliklari — 2,4 tonna;
  • Boshqa davlatlar — 3 tonna.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"