Jahon

Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga cheklov kiritilishi mumkin

Toqayev 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga cheklov kiritilishi mumkin

 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda Tengrinews.kz Akorda matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

 

Davlat rahbari bu taklifni Ostonada o‘tkazilgan o‘qituvchilarning avgust konferensiyasida ilgari surgan.

 

Toqayevning ta’kidlashicha, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, raqamli platformalar, sun’iy intellekt va agressiv marketing bolalarning dunyoqarashiga oila va maktab bilan bir qatorda sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli yosh avlodning psixologik farovonligi, hissiy barqarorligi va axloqiy tarbiyasini ta’minlash muhim vazifalardan biriga aylangan.

 

Prezident 2018-yilda qabul qilingan bolalarni sog‘lig‘i va rivojlanishiga zararli axborotdan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni bugungi sharoitdan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlagan.

 

Uning qayd etishicha, hukumat 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqan va hujjat iyun oyida Parlamentga taqdim etilgan.

 

Toqayev deputatlarga mazkur masalani Parlamentning yangi sessiyasi doirasida ko‘rib chiqishni taklif qilgan.

 

Prezident bunday cheklovlarni joriy etish bo‘yicha qator rivojlangan davlatlarda ham tegishli choralar ko‘rilayotganini qayd etgan.

custom img

AQSh Ukraina uchun “qishki paket” tayyorlamoqchi — Zelenskiy

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni qish oldidan yoki qish davomida yumshatish choralarini muhokama qilmoqda.

custom img

Makron Yevropa Ittifoqida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni taklif qildi

Uning fikricha, bu chora Yevropa Ittifoqidagi barcha bolalarni onlayn xavflardan himoya qilishga xizmat qiladi.

custom img

Olimlar dunyo vaqtini Yerning aylanishidan ajratishni taklif qilmoqda

Bunga Yerning aylanish tezligi o‘zgarayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Bishkek Arena 386 million dollarga qurilgan

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi stadion 60 million dollarga qurilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"