O'zbekiston

Samarqandda enaga qarovida bo‘lgan 3 yoshli bola elektr plitaga o‘tqazilgani aytilmoqda

Guvohlar bolaga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lingani, jumladan, qizigan elektr plitaga o‘tqazilgani, qo‘llari sim bilan bog‘langani va bir necha kun ovqatlantirilmaganini aytmoqda.

Samarqandda enaga qarovida bo‘lgan 3 yoshli bola elektr plitaga o‘tqazilgani aytilmoqda

 

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida enaga qarovida bo‘lgan 3 yoshli bola zo‘ravonlikka uchragani aytilmoqda. Voqeadan xabar topgan qo‘shnilar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Shundan so‘ng bola shifoxonaga olib borilgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, bolaning onasi qariyb ikki oy davomida farzandini enaga qaroviga qoldirib, ishlagan. Oila asli Narpay tumanidan bo'lgan bolaning otasi xorijda mehnat qilayotgani, onasi esa oilaviy sharoiti sabab Kattaqo‘rg‘onda ishlagan.

 

Bolaning yaqinlari va guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, enaga unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan. Jumladan, bolaning qo‘llari sim bilan bog‘langani va qizigan elektr plitaga o‘tqazilgani iddao qilinmoqda.

 

Shifokorlar bolaning tanasida kuyish, ko‘karish va boshqa jarohatlar aniqlanganini bildirgan. Shuningdek, u bir necha kun davomida ovqatlantirilmagani sabab ozib ketgani va gemoglobin darajasi pasaygani aytilmoqda.

 

Shifoxona ma’lumotiga ko‘ra, bolaning dumba-son sohasidagi og‘ir kuyishlari sabab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, teri ko‘chirish muolajasi bajarilgan. Bo‘yin va ko‘z osti sohalarida ham ko‘karishlar aniqlangan. Hozirda bolaning ahvoli qoniqarli ekani ma’lum qilingan.

 

Guvohlardan biri ushbu enaga avval ham boshqa bolalarga qaragani va uning telefonida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik aks etgan videolar bo‘lishi mumkinligini aytgan. Shuningdek, boshqa bolalarga ham shafqatsiz munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar bildirilgan.

 

Bolaning yaqinlari voqeaga huquqiy baho berilishini hamda aybdor shaxslar aniqlanib, qonuniy chora ko‘rilishini kutmoqda.

 

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z nazoratiga olgan. Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi hududiy vakili vaziyatni o‘rganishni boshlagan.

 

Hozirda holat yuzasidan Ichki ishlar organlari tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda. Voqeaning barcha tafsilotlari, bolaning jarohatlanishiga sabab bo‘lgan holatlar va mas’ul shaxslarning harakatlariga tergov natijalariga ko‘ra huquqiy baho beriladi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"