O'zbekiston

Talabalar kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin: muddatlar ma’lum qilindi

Kontraktni bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt asosida tahsil olishni rejalashtirayotgan abituriyentlarga ham tatbiq etiladi.

Talabalar kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin: muddatlar ma’lum qilindi

 

To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga kontrakt summasini o‘quv yili davomida 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

 

Tartibga ko‘ra, kontrakt to‘lovlari quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

  • 25 foiz — 1-kursga tavsiya etilgan talabalar uchun 15-sentabrgacha, 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktabrgacha;

  • 50 foiz — 1-yanvargacha;

  • 75 foiz — 1-martgacha;

  • 100 foiz — 1-maygacha.

 

Shu bilan birga, belgilangan muddatlar uzaytirilishi mumkin. 1-kurs talabalari uchun dastlabki to‘lov muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga, boshqa kurslar bo‘yicha esa tegishli vakolat OTM rektorlariga berilgan.

 

2025/2026-o‘quv yilida 1-kurs talabalari uchun kontraktning dastlabki 25 foizini to‘lash muddati 30-oktabrgacha uzaytirilgan edi.

 

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari kontrakt miqdori va uni to‘lash muddatlarini mustaqil belgilaydi.

 

Joriy yilda OTMga qabul qilingan talabalar kontrakt to‘lovlari bo‘yicha arizani kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuborishi mumkin.

 

Shuningdek, kontraktni bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt asosida tahsil olishni rejalashtirayotgan abituriyentlarga ham tatbiq etiladi. Biroq bunda dastlab kontrakt summasining 50 foizini to‘lash talab etiladi. Qolgan qismi esa umumiy tartibda bo‘lib to‘lanadi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"