O'zbekiston

Zamon.uz jurnalistlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov bir guruh OAV vakillariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonini tantanali topshirdi. Taqdirlanganlar orasida Zamon.uz sayti bosh muharriri Farida Egamberdiyeva hamda boshlovchi Muhayyo Murtazoyeva ham bor.

Zamon.uz jurnalistlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

 

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan OAV va media sohasi vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan tadbirda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirok etdi. U jurnalistlar, OAV va media sohasi vakillarini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

 

Tadbir davomida Prezident Farmoniga muvofiq, bir guruh OAV va media sohasi vakillariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.

 

Taqdirlanganlar orasida Zamon.uz bosh muharriri Farida Egamberdiyeva hamda boshlovchi Muhayyo Murtazoyeva ham bor. Ular esdalik nishonlarini Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadovdan qabul qilib oldi.

 

Zamon.uz jamoasi hamkasblarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"